«Hozir köplab mintaqalarda Rossiyaga aslida nima kerakligi eşitilmoqda. 40 ga yaqin "şahedlar" osmonimizda, HHM işlamoqda», deb yozdi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 19 mart, çorşanbaga ötar keçasi Kreml Rossiya prezidenti Vladimir Putin Oq uy rahbari Donald Trampning Rossiya va Ukraina 30 kun energetika tizimiga zarba berişdan voz keçgani haqidagi taklifini qöllab-quvvatlagi töğrisidagi bayonotidan keyin.

Zelenskiy, şuningdek, «ayniqsa, fuqarolik infratuzilmasiga» zarbalar haqida xabar berdi. «Sumidagi kasalxonaga "şahed" tomonidan töğridan töğri zarba berildi, Donetsk oblastidagi şaharlarga zarbalar, hujumkor dronlar hozirda Kiyev, Jitomir, Sumi, Çernixiv, Poltava, Xarkiv, Kirovohrad, Dnipropetrovsk va Çerkassk viloyatlari osmonida», deb yozdi u.

Ukraina prezidenti Rossiyaga qarşi yangi sanksiyalar qöllaş, Ukrainaga köproq yordam körsatiş, «ittifoqçilarni mustahkamlaş» va tört yildan buyon özini Rossiya harbiy agressiyasidan himoya qilib kelayotgan öz mamlakati uçun xavfsizlik kafolatlari ustida iş olib borişga çaqirdi. «Bugun Putin öt oçişni töliq töxtatiş böyiça taklifni amalda rad etdi. Butun dunyo Putinning uruşni uzaytiriş böyiça har qanday urinişlarini rad etişi töğri bölardi», — qöşimça qildi Zelenskiy.

Kanada boş vaziri Volodimir Zelenskiyni G7 sammitiga taklif qildi

Kanada boş vaziri Mark Karni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni 15-17 iyun kunlari Alberta provinsiyasining Kananaskis şahrida bölib ötadigan G7 sammitiga taklif qildi. Bu haqda 17 mart kuni Kanada hukumati vakili AFP'ga ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, ötgan hafta boş vazir lavozimiga kirişgan Karni 16 mart kuni Ukraina rahbari bilan gaplaşgan. «Prezident Zelenskiy iyun oyida Albertada bölib ötadigan G7 yiğilişiga taklif qilindi», — dedi u.

Avvalroq Mark Karni suhbat çoğida Zelenskiy unga «Ukraina mudofaasi va global tinçlikka erişiş borasidagi sa’y-harakatlari haqida» yangilangan ma’lumotlarni taqdim etganini ma’lum qilgandi. «Kanada Ukrainaning Rossiya agressiyasiga qarşi erkinlik uçun kuraşini qat’iy qöllab-quvvatlaydi», — deya qöşimça qildi u.

Volodimir Zelenskiy, öz navbatida, Karni bilan suhbatni «yaxşi va mazmunli» deb atadi va Kanadaga körsatgan yordami, xususan, mudofaa paketlari va Ukraina energetika sektorini qöllab-quvvatlagani uçun minnatdorçilik bildirganini qöşimça qildi. U, şuningdek, Karnini Moskvaga bosimni kuçaytiriş kerakligi haqida «yaxşi fikrlar» aytgani uçun maqtadi.