Amerika Milliy temiryöl yölovçi korporatsiyasi (Amtrak) boş direktori Stiven Gardner iste’foga çiqdi. CNN’ga köra, iste’foga Ilon Mask boşçiligidagi Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) tomonidan Amtrak’ni xususiylaştiriş zarurligi haqida berilgan bayonot sabab bölgan.
Amtrak 1971 yilda taşkil etilgan. Uning aksariyat uluşi davlatga tegişli bölib, korporatsiya direktorlar kengaşi a’zolarini AQŞ prezidenti tayinlaydi va Senat tasdiqlaydi. Kompaniya AQŞning 46 ştati, Kolumbiya okrugi va Kanadaning ikki provinsiyasida yölovçi temiryöl taşiş xizmatlarini körsatadi. 2024 yilda kompaniya rekord darajada — 32 million yölovçini taşigan.
Öz bayonotida Gardner «Amtrak hozirgi ma’muriyatning töliq işonçi va hurmatiga sazovor bölişda davom etişini kafolatlaşni istaşini» yozgan.
Mart oyining boşida Ilon Mask imkon qadar hamma narsani xususiylaştiriş kerakligini, bunga AQŞ poçta xizmati va Amtrakʼni misol qilib keltirgan edi. Uning sözlariga köra, «boşqa mamlakatlar AQŞdan ança sifatli yölovçi taşiş xizmatlarini taklif qila olişi açinarli holat».
«Amtrak juda açinarli ahvolda. Agar siz boşqa mamlakatdan bölsangiz, iltimos, bizning milliy taşuvçilarimizdan foydalanmang. Aks holda, Amerika haqida juda yomon taassurotga ega bölasiz», — degan Mask. Şuningdek, u xususiylaştiriş jarayoni odatda «yaxşilanişga olib kelişi»ni ta’kidlagan.








