“Qiyinçiliklarga qaramay, öz işini boşlayotgan, öziga işongan va olğa intilayotgan ayollarga doimo alohida hurmat bilan qarayman. Ularning qat’iyati va muvaffaqiyat sari ildam harakati oilani ham, jamiyatni ham, mamlakatni ham oldinga siljitadigan kuçdir”, — deydi Mirziyoyeva.
Prezident yordamçisi öz biznesini rivojlantirişga intilayotgan xotin-qizlar uçun yaratilgan Hamroh prezident dasturini alohida tilga oldi.
Uşbu dastur doirasida har bir ayol zarur bilimlarni olişi, murabbiylar kömagi hamda imtiyozli kreditlar va grantlardan foydalanişi mumkin.
“Işonçim komilki, har bir muvaffaqiyat tarixi Özbekiston taraqqiyotiga qöşilgan hissadir. Bunday voqealar kun sayin köpayib bormoqda”, — deb ta’kidlagan Mirziyoyeva.
Eslatib ötamiz, Hamroh dasturi doirasida 2025 yil 1 maydan quyidagilarni amalga oşiriş belgilangan:
· xotin-qizlarga “yaşil loyihalar” va IT sohasidagi loyihalarni amalga oşirişga, şuningdek, kamida 5 nafar xotin-qizning tadbirkorligini yölga qöyişga kömaklaşgan 1 ming nafar “ustoz” tadbirkorlarga 50 million sömgaça grant ajratiş;
· ijobiy kredit tarixiga ega bölgan xotin-qizlarga 100 mln sömgaça garovsiz kredit ajratiş;
· ayol tadbirkorlar tomonidan kredit hisobidan sotib olinayotgan asbob-uskunalar yetkazib berilgunga qadar “Tadbirkorlikni rivojlantiriş kompaniyasi” AJ tomonidan kafillik taqdim etilişini yölga qöyiş.






