Serbiya parlamenti mamlakat boş vaziri Miloş Vuçeviçning iste’fosini ma’qulladi, deb xabar berdi Rs davlat teleradiokompaniyasi 19 mart, çorşanba kuni. Endi navbatdagi saylovlar ötkazilmasligi uçun yangi boş vazir va hukumat keyingi 30 kun içida, ya’ni 18 aprel yarim tungaça tayinlanişi kerak.

Serbiya Milliy skupşçinasi spikeri Ana Brnabiçning sözlariga köra, keyingi tegişli çoralar mamlakat prezidenti Aleksandr Vuçiç zimmasida bölib, u boş vazir lavozimiga yangi nomzodni taklif qilişi kerak.

Serbiyadagi namoyişlar fonida iste’fo

Vuçeviç iste’foga çiqişini yanvar oyi oxirida hukmron Serbiya progressiv partiyasi (SNS)ga aloqador bir guruh bezorilar Serbiyaning Novi-Sad şahrida faol talabalarga hujumi ortidan e’lon qilgan edi. 2024 yilning noyabr oyida uşbu şahardagi temiryöl vokzalida beton soyabon qulaşi oqibatida 15 kişi halok bölgan va bu butun mamlakat böylab ommaviy noroziliklarni keltirib çiqargan edi.

Ayrim kuzatuvçilar fikriça, Serbiya parlamentiga boş vazirning iste’fosini ma’qullaş uçun yetti hafta vaqt ketgani Vuçiç vaqtni yutmoqçi bölib, yangi hukumatni şakllantiriş yoki yangi parlament saylovlarini ötkaziş böyiça qarorni keçiktirişni xohlaganidan dalolat beradi, deb yozadi dpa.