Şavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Bektemir tumaniga taşrifi çoğida Iykota mahallasida bölib, quriliş va obodonlaştiriş işlari bilan yaqindan tanişdi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.

Qayd etilişiça, bu yerdagi 37 ta köp qavatli uy va 1 ming 400 ta hovlida 6 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi.

Ötgan yili uç qavatli mahalla idorasi foydalanişga topşirilgan edi. Endi davlat budjeti hisobidan 358-umumta’lim maktabi qurilgan. Prezident uşbu yangi muassasani közdan keçirdi.

Qariyb ming örinli maktabda fan xonalari, kompyuter va xorijiy til xonalari, robototexnika tögaragi, laboratoriya zarur öquv jihozlari bilan ta’minlangan. Kutubxona, sport zali, futbol maydoni va oşxonada bolalar uçun keng qulayliklar yaratilgan.

Pedagoglar bilan muloqot çoğida bolalarning qobiliyatini töğri şakllantiriş, kasbiy ta’limni rivojlantirib, bitiruvçilarni kasb-hunarli qilib hayotga yöllaş muhimligi ta’kidlandi. Xususan, axborot texnologiyalari, robototexnika, muhandislik kabi yönalişlarni kengaytiriş, ösmirlarda harbiy-vatanparvarlik ruhini kuçaytiriş vazifalari körsatib ötildi.

«Mahalladagi yangi uylarning birinçi qavatlarida ikkita xususiy boğça taşkil etilgan. Ular Navröz arafasida oçilgani ota-onalar uçun bayramona tuhfa böldi. Mahallada 70 ta savdo va xizmat körsatiş şoxobçasi, 2 ta işlab çiqariş korxonasida köpçilik rözğor tebratyapti. Prezidentimiz farmoyişi bilan e’lon qilingan dolzarb bir oylik doirasida tomorqadan unumli foydalaniş, qişloq xöjaligi ekinlari ekiş qizğin davom etmoqda», — deyiladi xabarda.