Markaziy Osiyo tarixida birinçi marta Toşkent şahrida Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi bölib ötadi. Bu haqda Oliy Majlis Senati matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, 2025 yilning 5-9 aprel kunlari Taşkent City hududidagi Kongress-xoll majmuasida ötkaziladigan mazkur anjumanda dunyoning 180 ta mamlakati, 15 ta kuzatuvçi davlat hamda 25 dan ortiq xalqaro va parlamentlararo taşkilotdan 2 mingga yaqin delegatlar iştirok etişi kutilmoqda.
Yiğilişning asosiy mavzusi «Ijtimoiy rivojlaniş va adolat uçun parlament harakati» bölib, unda kambağallikni bartaraf etiş, munosib mehnat şaroitlarini yaratiş, ijtimoiy inklyuziyani qöllab-quvvatlaş va qaror qabul qiliş jarayonida kamsitilgan guruhlar iştirokini oşiriş kabi masalalar muhokama qilinadi.
Assambleya söngida Parlamentlararo ittifoqning rezolyutsiyalari va Toşkent deklaratsiyasi qabul qilinadi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston 2017 yilda Parlamentlararo ittifoq a’zoligiga qabul qilingan edi.







