AQŞ prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi xavfsizlik bilan boğliq vaziyat sababli atom elektr stansiyalarini boşqarişni öz davlatiga ötkaziş tarafdori ekanini aytdi. 19 mart, çorşanba kuni Tramp va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy örtasidagi telefon qönğiroğidan köp ötmay, AQŞ davlat kotibi Marko Rubio va prezidentning milliy xavfsizlik böyiça maslahatçi Maykl Uols Oq uy rahbarining atom elektr stansiyasini AQŞ mulkiga ötkaziş Ukraina energetika infratuzilmasi uçun eng yaxşi himoya bölişi haqidagi sözlarini e’lon qildi.
Rubio va Uolsning sözlariga köra, Tramp, ular ajoyib suhbat deya ta’rif bergan suhbatda, AQŞ «elektr energiyasi va kommunal xöjaligi böyiça tajribasidan foydalanib, uşbu stansiyalarni işga tuşirişda katta yordam berişi» mumkinligini ta’kidlagan.
Tramp Patriot tizimlari bilan yordam berişni va’da qildi
AQŞ ma’muriyati vakillari, şuningdek, Volodimir Zelenskiy Kiyevga qöşimça Patriot havo mudofaa tizimlarini taqdim etişni söraganini aytdi. Rubio va Uolsning ta’kidlaşiça, Oq uy rahbari «xususan, Yevropada mavjud bölgan narsalarni topiş uçun u bilan hamkorlik qilişga kelişib olgan».
Rubio va Uolsning sözlariga köra, ikki yetakçi Kursk oblastidagi vaziyatni muhokama qilgan va «jang maydonidagi vaziyat özgargani uçun mudofaa idoralari örtasida yaqindan ma’lumot almaşişga» kelişib olgan.
Ukraina prezidenti Tramp bilan suhbatini «ijobiy, juda mazmunli va samimiy» deb atadi. Zelenskiyning sözlariga köra, u amerikalik hamkasbiga minnatdorçilik bildirgan.








