Germaniya bojxonaçilari yanvar oyi örtalaridan beri Boltiq dengizidagi Ryugen oroli qirğoqlarida langar taşlab turgan Eventin tankerini hibsga oldi, deb yozdi Der Spiegel.
Naşr ma’lumotlariga köra, tanker 14 mart kuni taxminan 40 million yevroga teng bölgan 100 ming tonnaga yaqin neft yuki bilan birga musodara qilingan. Hozir Germaniya hukumati Eventin tankeridan neftni qanday va qayerda xavfsiz oqiziş va tanker bilan nima qiliş kerakligini hal qilmoqda.
Bojxona tankerni musodara qilişidan oldin, Germaniyaning turli xil idoralari örtasida kemaning taqdiri böyiça qizğin munozaralar bölgan. Endi hukumat qaroriga köra, tanker nomi özgartirilişi mumkin.
Naşrning qayd etişiça, musodara qiliş töğrisida qaror qabul qiliş bilan Germaniya rasmiylari Rossiya neftining Boltiq dengizi orqali tranzitiga toqat qilmasligi haqida signal yubormoqda.
Panama bayroği ostidagi Eventin tankeri 6 yanvar kuni Leningrad viloyatining Kingisepp tumanidagi Ust-Luga portidan çiqib, Misrning Port-Said şahriga yöl olgan edi. 10 yanvar kuni 2006 yilda qurilgan kema Germaniya qirğoqlarida boşqaruvni yöqotgani ma’lum böldi. Neft tökilişi xavfi tufayli u yaqin portga tortildi. Fevral oyi oxirida Yevropa Ittifoqi rasmiylari tankerni Rossiya maxfiy floti kemasi deb hisoblab, Rossiyaga qarşi sanksiyalar röyxatiga kiritdi.








