KXDR yangi zenit-raketa tizimini muvaffaqiyatli sinovdan ötkazdi. Koreya Markaziy telegraf agentligining ma’lum qilişiça, sinovda mamlakat rahbari Kim Çen In ham iştirok etgan.

«KXDRning Raketasozlik boş boşqarmasi 20 mart kuni eng yangi zenit-raketa tizimining kompleks jangovar xususiyatlarini tekşiriş uçun sinov uçirişini ötkazdi», — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanişiça, tegişli mudofaa sanoati korxonasi tomonidan uşbu tizimni seriyali işlab çiqariş boşlangan.

Agentlikning qayd etişiça, sinov jarayoni tizimning «tezkor jangovar reaktivligi ustunligi» hamda uning işonçliligini tasdiqlagan.

Sinovlarni KXDR yetakçisi Kim Çen In bevosita kuzatib borgan. U Şimoliy Koreya armiyasi «ajobiy jangovar xususiyatlarga ega navbatdagi muhim mudofaa quroli bilan ta’minlanişini» ma’lum qilib, ixtiroçilarga minnatdorçilik bildirgan.

Eslatib ötamiz, yanvar oxirlarida Kim Çen In KXDR yadroviy qalqonini mustahkamlaşni buyurgandi. Uning aytişiça, yadroviy materiallar işlab çiqariş rejasini yanada oşiriş va «mamlakatning yadroviy qalqonini mustahkamlaşda novatorlik natijalariga erişiş» kerak.