Qirğizistonga qarşi öyin oson bölmadi. Yaxşi imkoniyatlarimiz böldi, lekin töp darvozaga kirişni xohlamadi. Eng muhimi kerakli 3 oçkoni qölga kiritdik.

Birinçi bölimdagi penalti? Eldorga tepasanmi yoki tepaymi dedim. U tepaman dedi. Men mayli dedim.

Simulyatsiya va sariq kartoçka? Istalgan futbolçi Eronga qarşi muhim öyinda öynagisi keladi. Öşa vaziyatda bekor bunday qildim deb öylayman. Allohning rejasi har doim biznikidan yaxşi deb bilaman.

Jahon çempionatiga qançalik yaqinlaşdik? Ölaşimça, 90 foiz yaqinalşdik. Ammo hammasi keyingi FIFA kunlariga qoladi deb öylayman», — deydi Maşaripov.

«Muhim 3 oçkoni qölga kiritib, jahon çempionati sari yana bir qadam taşladik. Oldimizda yana bir final turibdi. Eronni yutsak, mundialni 99 foiz hal qilgan bölamiz. Ğalaba uçun bor kuçimiz bilan harakat qilamiz.

Penalti? Futbolda böladigan holat, muhimi ğalaba qozondik. Yarim jamoa gol ura olmasligimni sezganini (kuladi) aytdi» — deydi Şomurodov.

Özbekiston jahon çempionati saralaşi doirasida 25 mart kuni Eron mehmoni böladi.