Özbekiston milliy jamoasi hamda «Mançester Siti» himoyaçisi Abduqodir Husanov Navröz tadbirlarida qatnaşdi. Bu haqda Özbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

Özbekiston milliy jamoasi hamda «Mançester Siti» himoyaçisi Abduqodir Husanov 21 mart kuni «Yangi Özbekiston» boğida ötgan Navröz tantanasida iştirok etib, tadbirdan keyin prezident Şavkat Mirziyoyevga imzosi tuşirilgan «Mançester Siti»dagi libosini sovğa qildi.

E’lon qilingan suratdan köriş mumkinki davlat rahbari bilan uçraşuvda Abduqodirga otasi Hikmat Hoşimov hamrohlik qilgan.

Husanov kuni 20 mart kuni Qirğizistonga qarşi öyinda iştirok etgandi. U 25 mart kuni Özbekiston milliy jamoasi bilan Eronga qarşi bahsda maydonga tuşişi kutilmoqda.

Eslatib ötamiz, Şavkat Mirziyoyev yanvar oxirlarida Birlaşgan Arab Amirliklariga qilgan safari çoğida «Mançester Siti» klubi egalari sanalmiş Abu Dabi valiahd şahzodasi Şayx Xolid ibn Muhammad Ol Nahayon bilan uçraşgan edi. Öşanda Özbekiston prezidenti Abu Dabi valiahd şahzodasi Şayx Xolid ibn Muhammad Ol Nahayon bilan uçraşuvda Abduqodir Husanovning «Mançester Siti» klubiga ötişi haqida ham suhbatlaşgani ma’lum bölgandi.