2024 yilda dunyoda migratsiya yöllari böylab 8938 nafar muhojir halok bölgani hujjatlaştirilgan. Bu ma’lumotlar BMTning Xalqaro migratsiya taşkiloti (XMT) saytida 21 mart, juma kuni e’lon qilindi.

XMT bu körsatkiçni rekord darajadagi eng yuqori körsatkiç deb atadi. Taşkilot 1951 yildan beri faoliyat yuritadi. XMT muhojirlar ölimi jadvali 2014 yilda hisoblana boşlangan. Bu körsatkiç 2016 va 2020 yillar oraliğida pasaygan, biroq şundan beri har yili ösib bormoqda.

Statistik ma’lumotlarga köra, eng köp muhojirlar 2024 yilda Osiyo (2778), Örta Yer dengizi mintaqasi (2452) va Afrikada (2242) vafot etgan.

Haqiqiy körsatkiç yanada köproq bölişi mumkin

«Muhojirlarning ölimi va ğoyib bölişining haqiqiy soni ança yuqori bölişi mumkin, çunki ularning köpçiligi hujjatlaştirilmagan», deb ta’kidlaydi XMT ekspertlari. Ular gap minglab halok bölganlar haqida ketayotganiga işona qildi.

18 mart kuni XMT yillik moliyalaştirişni 30 foizga qisqartirişini e’lon qildi, birinçi navbatda Qöşma Ştatlardan. Bu taşkilotdagi xodimlar sonining qisqarişiga va bir qator loyihalar qayta körib çiqilişiga olib keldi.