Germaniya Bundestagining Budjet qömitasi Ukrainaga 11 milliard yevrodan ortiq miqdorda qöşimça harbiy yordam ajratişni ma’qulladi, deb xabar bermoqda dpa va AFP agentliklari 21 mart, juma kuni.
«Şunday qilib, allaqaçon rejalaştirilgan yordamga qöşimça ravişda, joriy yil uçun yana uç milliard yevro ajratildi. 2026 yildan 2029 yilgaça bölgan davr uçun umumiy qiymati 8,25 milliard yevro bölgan qöşimça majburiyatlar ham tasdiqlandi», deyiladi AFP xabarida.
«Paket sanoat va Ukraina bilan kelişilgan va endi zarur materiallarni tezda taqdim etişi mumkin», dedi Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi (GSDP)dan parlament a’zosi Andreas Şvars uşbu qarorga izoh berib. Şu tariqa Bundestag Kreml rahbari Vladimir Putinga muhim signal yubormoqda, deya qöşimça qildi parlamentariy. «Biz öz sözimizda turamiz, mas’uliyatni öz zimmamizga olamiz, Ğarb ittifoqi va Ukrainani mustahkamlaymiz», — deya uning sözlarini keltiradi dpa agentligi.
Öz navbatida, «yaşillar» partiyasidan Bundestag deputati Sven-Kristian Kindler ta’kidlaganidek, tarixiy moliyaviy paket bilan birgalikda Ukrainaga qöşimça köp milliardlik yordam ajratiş töğrisidagi qaror «Germaniya Yevropada xavfsizlik va tinçlik uçun mas’uliyatni öz zimmasiga olganligining muhim belgisidir».
19 mart kuni Reuters agentligi Germaniya Moliya vazirligi hujjatiga tayanib, Germaniya Ukrainaga joriy yilda 3 milliard yevro, 2026—2029 yillarda esa 8 milliard yevrodan ortiq qöşimça harbiy yordam ajratişni rejalaştirayotgani haqida xabar berdi.
Avvalroq Germaniya kansleri Olaf Şols özini Rossiyadan himoya qilayotgan Ukrainaga harbiy yordam körsatiş davom etişini ma’lum qilgandi. «Ukraina bizga tayanişi mumkin, Ukraina Yevropaga tayanişi mumkin, biz uni taşlab qöymaymiz, degan fikrda ikkalamiz ham birdekmiz», dedi u Berlinda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan muzokaradan söng.








