AQŞ Mudofaa vazirligi Ilon Maskning Pentagonga taşrifi töğrisida ma’lumotlarni sizdirgan manbani aniqlaş uçun yolğon detektoridan foydalangan holda içki tergovni boşladi.
Bloomberğning yozişiça, milliy xavfsizlikka boğliq ma’lumot «oşkor etilgani» fakti böyiça tergov ötkazişni mudofaa vaziri apparati rahbari Jo Kasper buyurgan. Manbalarning sözlariga köra, Jo Kasper aybdorlarni jinoiy javobgarlikka tortişni talab qilgan.
Ilon Mask 21 mart kuni xarajatlarni qisqartiriş va innovatsiyalarga oid masalalarni muhokama qiliş maqsadida Pentagonga taşrif buyurdi. Uning taşrifidan oldin The New York Times harbiylar Mask uçun «öta maxfiy brifing» ötkazmoqçi ekani, uning doirasida AQŞ va Xitoy örtasidagi ehtimoliy uruş rejalari haqida ma’lumot berilişi haqida yozdi. The Wall Street Journal manbalari ham uşbu ma’lumotni tasdiqladi. Mask uçun brifing taşkil etilgan yoki etilmagani noma’lum.
Pentagon vakillari OAVda tarqalgan «öta maxfiy» brifingga oid xabarlarni yolğon deb atadi. AQŞ prezidenti Donald Tramp esa bunga «bema’nilik» deya izoh berdi. 21 mart kuni jurnalistlar bilan suhbatda Tramp Tesla kompaniyasiga rahbarlik qiluvçi Ilon Maskda manfaatlar töqnaşuvi bölişi mumkinligi, şu bois heç qaçon unga bunday ma’lumotlar bilan tanişişga ruxsat bermasligini tan oldi.








