Özbekistondagi siyosiy partiyalarning asosiy moliyaviy manbayi – davlat budjeti. Agar saylovçilar partiyalarni qöllab-quvvatlaşda faol bölganida edi, a’zolik badallari va homiylik mablağlari asosiy örinda bölardi, deydi deputat Alişer Qodirov. Partiya rahbarining aytişiça, jami 22 millionga yaqin saylovçidan u yoki bu siyosiy partiyaga a’zo bölganlari soni 2 millionga boradi yoki bormaydi.
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati, «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi raisi Alişer Qodirov «Fikr yetakçilari» podkastida qatnaşib, Özbekiston parlamenti va deputatlarning yetarliça faol emasligiga oid savollarga javob berdi.
– Özbekiston parlamenti vakillari saylov vaqtida biroz faollaşadi, keyin yana suv quygandek jimjit böladi. Heç kim ularni eşitmaydi. Buning sababi nimada, saylovdan keyin deputatlar qayerga ketadi?
– Saylov vaqtidan keyin jim bölib ketişi haqida… Tadbirkor odamsiz, mablağingiz bölmasa, biror iş qila olasizmi? Mana, siyosiy partiyalarning moliyaviy holati ovozining balandroq yoki pastroq bölişiga olib keladi.
Endi, saylov paytida nima uçun partiyalar faollaşadi? Çunki amaldagi qonunçilikka köra, budjetdan saylov uçun partiyalarga mablağ ajratiladi va partiyalar öşa mablağ darajasida tarğibot tadbirlarini amalga oşiradi, ya’ni moliyaviy ta’minlangan piar harakat davom etadi.
Siyosiy partiyalarning moliyaviy manbalari nima? Bular 3 ta: a’zolik badallaridan tuşadigan mablağlar, homiylikdan tuşadigan mablağlar va qonunçilikka asosan, siyosiy partiyalarning parlament saylovlaridagi örinlariga qarab budjetdan, ya’ni saylovçilarning pullaridan ajratilgan teng miqdorlar.
Endi men sizga aytaman, davlat budjeti masalasida, siyosiy partiyalarni moliyalaştirişga doir amaldagi qonun bor. Hozirgi kunda siyosiy partiyalarning asosiy moliyaviy manbalari aynan davlat budjetidan oladigan mablağlardir. Bu – jahonda mavjud tajriba, bu faqat bizda emas, demokratik davlatlar orasida ham mavjud masala. Partiyalarni xorijdan moliyalaştiriş taqiqlangan, nima uçun? Çunki siyosiy partiyalar juda katta institut, ta’sir kuçiga ega.
Bugungi kunda bu manba siyosiy partiyalarning asosiy moliyaviy manbasi bölib qolmoqda, birinçidan. Ikkinçidan, saylov paytlarida amaldagi qonunçilik böyiça homiylik mablağlarini jalb qilsangiz, öşa mablağlar partiyalarga teng taqsimlanadi. Ya’ni jalb qilgan mablağingizni özingiz işlatmaysiz, u siyosiy partiyalarga teng taqsimlanadi. Buni töğri yoki notöğriligi haqida gaplaşmoqçi emasman. Men hozirda amaldagi qonunçilik böyiça gapiryapman. Siz savol berdingiz: nima uçun saylovdan keyin jim bölib qoladi? Çunki puli tugaydi.
















