23 martga ötar keçasi Kiyevda Rossiya dronlarining yopirilma zarbasi oqibatida uç kişi halok böldi, ular orasida beş yoşli qiz va uning otasi ham bor, deya xabar bermoqda Ukraina rasmiylari. Uçuvçisiz uçiş apparatlari turar joy binolariga urilişi oqibatida yonğinlar sodir bölgan.
Ukraina poytaxtiga hujum mahalliy vaqt bilan soat 21:00 atrofida boşlangan va soat 02:00 gaça davom etgan. Ukrainaning boşqa hududlarida dronlar hujumi ertalabgaça davom etdi.
«Mavjud ma’lumotlarga köra, uç kişi, jumladan, 5 yoşli bola halok bölgan. Yana 10 kişi jarohatlangan. Halok bölganlar orasida ota va uning kiçik qizi ham bor. Rossiya hujumi oqibatida jabrlanganlarning eng kiçigi esa atigi 11 oylik», – deya ma’lum qildi Kiyev rasmiylari.
Ukraina qurolli kuçlari harbiy-havo kuçlari ma’lumotlariga köra, yakşanbaga ötar keçasi Rossiya Ukrainaga 147 ta dron va dron-imitatorlardan (ya’ni vazifasi havo hujumidan mudofaa tizimlariga yuklamani oşiriş bölgan, portlovçi moddalar örnatilmagan qurilmalar) foydalangan holda hujum qilgan.
Ertalabgaça 97 ta uçuvçisiz uçiş apparati urib tuşirildi, yana 25 ta dron-imitator esa salbiy oqibatlarsiz lokatsiyasini yöqotgan (Ukraina harbiylari dronlar radar ekranlaridan ğoyib bölganda şunday ta’rifdan foydalanadi).
Ukraina qurolli kuçlari harbiy-havo kuçlari poytaxt yönalişida köplab dronlar parvoz qilgani haqida xabar bergan, monitoring kanallari esa ular önlab – 20 tadan 60 tagaça bölganini körsatmoqda.
«Portlaşlar töxtamayapti», – deb yozdi poytaxtda yaşovçi ayollardan biri ijtimoiy tarmoqlarda. «Bu allaqanday Armageddon», – deb qöşimça qiladi ikkinçisi.
Foydalanuvçilar tomonidan tarqatilgan ba’zi videolarda kuçli yonğinlarni köriş mumkin.
BBC Ukraina xizmati muxbirlari ham portlaşlar, havo hujumidan mudofaa tizimlari işga tuşgani va «Shaheed» dronlari ovozlarini eşitişganini ma’lum qilgan.

E’lon qilingan videolardan birida turar joy binosining yuqori qavatlaridan birida yonğin sodir bölayotgani, baland ovozda baqir-çaqirlar yangrayotgani aks etgan











