Angliya milliy jamoasi Millatlar ligasining ötgan mavsumida muvaffaqiyatsizlikka uçragani muxlislar uçun foydali böldi. Agar öşa fiasko bölmaganida jahon çempionatining Yevropa böyiça saralaş turniri startini köpçilik sezmay ham qolardi. Hozirda Yevropa milliy jamoalarining köpçiligi Millatlar ligasi bilan band, bu turnirda çorakfinallar va divizionlar oraliğidagi ötiş öyinlari bölib ötmoqda. Öz-özidan, saralaş turnirini faqat omadsiz jamoalar va B, C va D divizionlari ğoliblari boşlab berişdi. Oçiliş öyini — Kipr va San-Marino örtasida ötkazilgani ham köp narsani anglatadi.
Inglizlar yangi siklga yangi murabbiy bilan kirişdi. Yevropa çempionatining qatorasiga ikki finalini boy bergan Garet Sautgeyt yarim yil muqaddam jamoani tark etgandi. Kuzda jamoani Li Karsli vaqtinça boşqardi, 2025 yil yanvarida esa boş murabbiy lavozimini Tomas Tuxel egalladi. Birinçi vazifa — JÇ-2026 yöllanmasini qölga kiritiş. Töğridan töğri yöllanmaga ega çiqiş uçun Serbiya, Albaniya, Latviya va Andorra jamoalari bilan bir guruhda birinçi böliş kerak. Guruh jadvalidagi ikkinçi örin — pley-off turniriga olib ötadi.
Tuxel himoyada ikki nafar debyutantni tuşirdi. Çap qanotda 18 yoşli Maylz Lyuis-Skelli, himoya markazida — 32 yoşli Den Byorn harakat qildi. «Nyukasl» himoyaçisi 2010 yildan buyon (öşanda Kevin Devis 33 yoşda edi) Angliya milliy jamoasidagi eng katta yoşli debyutant böldi. Şuningdek, Uoker ham ilk daqiqalardan maydonda paydo bölişi köpçilikni ajablantirgan bölişi mumkin, faoliyatida pasayiş kuzatilayotgan himoyaçi jarohat tufayli safdan çiqqan Trent Aleksandr-Arnold örniga asosiy tarkibga qaytgan. Germaniyalik mutaxassis jamoaga Henderson, Solanke va «Aston Villa»ga ötib, faoliyatini tiklayotgan Markus Reşfordni ham qaytargan. Hujum markazida esa odatdagidek Harri Keyn tuşdi, orqaroqda unga Jud Bellinghem va Fil Foden yordam berişdi.
Birinçi bölimning özida inglizlar endi yerdan öynaşga ötgani körindi, yuqoridan uzatmalar ham böldi, ammo asosan standart vaziyatlarda. Lekin golgaça (20-daqiqa) mezbonlarda amalda golli vaziyatlar yaratilmadi. Keyin esa Bellinghem Lyuis-Skelliga dohiyona uzatmani amalga oşirdi, u esa darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatdan foydalandi va Angliya milliy jamoasining Tuxel boşqaruvi davridagi ilk golini urdi. Şu mavsumda «Arsenal»ning asosiy tarkib futbolçisiga aylangan yoş himoyaçi milliy jamoadagi debyut öyinida gol urib, tarixga kirdi. Bungaça «uç şerlar» tarixidagi heç bir debyutant bu qadar yoşligida (18 yoşu 176 kun) ilk golini nişonlamagan.
Mavzuga oid
Angliyadagi ikki debyutant — Maylz Lyuis-Skelli va Den Byorn
Foto: Mike Hewitt/Getty Images
Jamoalar tanaffusga 1:0 hisobida yöl olişgani uçun albanlar darvozabon Tomas Strakoşadan minnatdor bölişi lozim. Umuman öyin mezbonlarning katta ustunligi ostida ötdi va şu kuni biror marta raqib darvoza sohasi tomon töğri borgan zarba bera olmagan mehmonlar yirik hisobda mağlub bölişi ham mumkin edi. Darvozabon avvaliga bir zarbani tizzasi bilan, keyin esa töpiği bilan qaytardi. Ikki holatda ham darvozabon şu kuni maydondagi eng faol futbolçi bölgan Bellinghem gol urişiga yöl qöymadi. Ikkinçi epizodda qaytgan töpga birinçi bölib Keyn yetib borgandi, ammo uning zarbasidan keyin töp tösin yuqorisidan ötib ketdi, bu holatda töp himoyaçi Berat Jimsitiga tekkan holda yönalişini özgartirgandi.
Bölim oxirida Byorn jamoaning debyutida gol urgan eng keksa futbolçisiga aylanişi mumkin edi. 201 santimetrlik himoyaçi boş bilan yöllagan zarba tösinga bordi. Inglizlar Sautgeyt davridagidan farqli ölaroq hisob 1:0 holatida ham vaziyatlar yaratişda davom etişdi, ammo realizatsiya borasida oqsaşdi.
Ikkinçi golni 78-daqiqaga qadar kutişga töğri keldi. Arlind Ayyeti töp uçun kuraşni Keynga boy berdi, Angliya milliy jamoasi tarixidagi eng yaxşi töpurar töpni uzoq burçakka joylaştirdi. Bu Harrining milliy jamoa safidagi 70-goli böldi. Şundan keyin albanlar darvozabonni almaştirişga majbur bölişdi. Strakoşa jarohat oldi, uning örniga Elxan Kastrati öyinni davom ettirdi. Tuxel esa Jordan Hendersonni tuşirdi. 34 yoşli yarimhimoyaçi uçun bu milliy jamoa safida 2023 yil noyabridan buyon ilk öyin böldi.
Inglizlar öyinni şu hisobda yakunlab qöyişdi, navbatdagi öyin esa 24 mart kuni bölib ötadi. Şu kuni ular «Uembli»da Latviyani qabul qiladi, Albaniya Andorra bilan öynaydi.
Varşavada esa sensatsiyaga bir baxya qoldi. Polyaklar qöşni litvaliklarning qattiq qarşilik körsatişini kutmagandi. Edgaras Yankauskas jamoasi esa qarşi hujumda hisobni oçişi mumkin edi, biroq darvozabon Skorupski aql bovar qilmas reaksiya körsatdi. Polşani şarmandalikdan milliy jamoadagi 85-golini urgan Levandovski qutqarib qoldi. Şu kuni ajoyib öyin ötkazgan Gertmonas uning ham zarbasini töxtatişi mumkin edi. Biroq «Barselona» yulduzining zarbasi polşaliklar himoyaçisiga tegib yönalişini özgartirdi va darvozabon doğda qoldi.
Malta — Finlandiya 0:1
Gol: Antman (38).
H guruhi
Ruminiya — Bosniya va Hersegovina 0:1
Gol: Gigoviç (14).
Kipr — San-Marino 2:0
Gollar: Pittas (55), Kakulis (86).
Ruminiyaning mağlubiyati esa syurpriz böldi. Birinçi bölim davomida Dreguş ikki bor raqib darvozaboni hududida yolğiz turib xato zarba berdi. Öz navbatida, ön ikki öyindan beri (2023 yil oktyabr oyidan beri) ğalaba qozona olmayotgan Bosniya realizatsiya böyiça saboq berdi. Hozirda Bundesligada «Holştayn» safida töp surayotgan Gigoviç ğalaba golini urdi. Uning goliga ruminlar heç qanday javob qaytarişmadi, VAR esa mehmonlarga penalti belgilanişidan qoçişga yordam berdi.
Qozoğiston milliy jamoasi JÇ-2026 saralaş siklini Kardiffdagi mağlubiyat bilan boşladi. Stanislav Çerçesov işdan böşatilganidan keyingi ilk rasmiy uçraşuv ham muvaffaqiyatsiz yakunlandi.
Rossiyalik mutaxassis iste’fosidan keyin jamoa ilk öyinini fevralda KXDRga qarşi ötkazib, yutqazgandi (0:2). Dastlabki gollarini esa ötgan haftaning payşanba kunida urgandi — Turkiyaning Beleke şahrida Kyurasao mağlub etilgandi (2:0). Ammo bular örtoqlik uçraşuvlari (yoki nazorat öyinlari) edi. Rossiyalik murabbiy ştabida bunday öyinlar bölmagan, Millatlar ligasida esa Qozoğistonda na ğalaba (1 durang va 5 mağlubiyat), na gol bölgandi. Şunday ekan, arbitr Çesnokovning uzatmasidan keyin töp jarima maydoni içida Robersning qöliga tekkani uçun belgilagan penalti qozoğistonliklarga 2023 yil noyabrdan buyon turnir öyinlarida urilgan ilk golni olib keldi.
Jamoa sardori Tagibergenning markazga u qadar kuçli bölmagan zarba yölladi, töp darvozabonning oyoqlariga tegdi, ammo qozoğistonliklar baxtiga baribir darvoza çiziğini kesib ötdi. U bu gol bilan öyin boşida ötkazib yuborilgan gol uçun aybini yuvdi, 9-daqiqada aynan u töpni oldirib qöyganidan keyin boşlangan hujum Jyeymsning aniq zarbasi bilan yakunlangandi. Uşbu golga assistentlik qilgan Devis ikkinçi bölim boşida jamoasini yana hisobda oldinga olib çiqdi. Bu golda bunday darajada birinçi marta öynagan darvozabon Zarutskiy xatoga yöl qöydi, u burçak oşirilgan töpga çiqişda notöğri möljal oldi va unga yeta olmadi.
Qozoğiston milliy jamoasining yangi boş murabbiyi debyut uçraşuvida yöq joydan ötkazib yuborilgan gollar tufayli mağlubiyatga uçradi. Endi qozoğistonliklar seşanba kuni Lixtenşteyn bilan öyinda faqat uç oçko uçun maydonga tuşadi.
Moldova – Norvegiya – 0:5
Gollar: Julian Rayyerson (5), Erling Holand (23), Telo (38), Aleksandr Serlot (43), Aron Donnum (69).
Norvegiya: Nyuland, Meller Volf, Estigor, Ayyer, Ryuerson, Berge, Osgor, Edegor, Skellerup, Holand, Serlot.
Vengriyadagi neytral maydonda nominal ravişda uy öyinlarini ötkazişda davom etayotgan Isroil şanba kungi öyinni juda kuçli boşladi. Birinçi hujumdayoq Glux Abu Fanini zarba beriş nuqtasiga çiqardi, biroq darvozaga kirib borayotgan töpni himoyaçi töxtatib qoldi. Öz navbatida, Boltiqböyi jamoasi autdan maksimal foyda çiqarib oldi. Paskoçining birinçi zarbasi himoyaçiga tegdi, biroq u takroriy zarbasi bilan darvozani aniq nişonga oldi.
Lekin şu kuni estonlar darvozaboni Heynning omadi kelmadi. Bitonning uzoq masofadan yöllagan çiroyli zarbasidan keyin töp avvaliga darvoza ustuniga tegib, keyin «Arsenal»ga tegişli va hozirda ijara asosida «Valyadolid»da öynayotgan darvozabonning yelkasi orqali darvoza töriga borib tuşdi. Ikkinçi bölim boşida esa oddiy vaziyatda Heyn öz himoyaçisi bilan töqnaşib ketdi va uni almaştirişga töğri keldi. Uning örniga tuşirilgan Matvey Igonen bir neça vaziyatda özini körsatdi, ammo isroilliklar sardori Dasaning zarbasi qarşisida ojiz qoldi.
Bu Isroil uçun juda muhim uç oçko, çunki seşanba kuni jamoa Kişinyovda yirik hisobda ğalaba qozongan Norvegiya bilan öynaydi. Skandinaviyalik töpurarlar Holand va Serlot bittadan gol uriş bilan kifoyalandi, lekin şu kuni jamoa sardori Martin Edegorning sa’y-harakatlari bilan sönggi vaqtlarda örtamiyona jamoalar safiga qöşilgan moldovaliklar darvozasi beş bor işğol etildi.
Çexiya milliy jamoasining öyin syujyeti Polşaning Litvaga qarşi keçgan öyinini eslatdi. Ikki öyinda ham favorit ulkan ustunlikka ega bölganiga qaramay, oçko yöqotişi mumkin edi, ammo asosiy töpurarlari ğalabani ta’minladi. Bir kun oldin polyaklarni Levandovski va unga yordamga kelgan rikoşet qutqarib qolgandi. Çexlarni esa Şikning sönggi daqiqalarda öyin taqdirini hal qilişdagi noyob mahorati. Yevro-2024dan keyin milliy jamoada öynamagan hujumçi «Bayyer»da muntazam ravişda şunday qahramonliklar körsatib keladi, şanba kuni esa u farerliklar burçak zarbasidan keyin hisobni tenglaştirişiga ikki daqiqada javob qaytardi. U birinçi golda bölgani kabi töpni boşi bilan darvozaga yölladi.
Kun öyinlarini boşlab bergan Çernogoriya ham irodali ğalabaga erişdi. Mezbonlar kamtarona Gibraltardan 13-daqiqadayoq gol ötkazib yuborgandi. Bolqonliklar tezda javob golini urişdi, ammo uzoq vaqtgaça muvozanatni öz tomoniga oğdira olişmadi. Faqat 70-daqiqada ğalaba goli urildi, uç daqiqa ötib «Latsio» vingeri Maruşiç öyin masalasiga uzil-kesil nuqta qöydi.