Assalomu alaykum. Bugun 23 mart, yakşanba. Kuni keça barçamiz Navröz bayramini nişonladik. Bu xalqimizning eng köhna bayramlaridan biri. Navröz tabiatning dehqonlarga barça ekinlarni ekişlari uçun «rasmiy ruxsati» desak ham böladi. Töğri, usta dehqonlar fevraldayoq ehtiyotini qilib ekin ekişni boşlab, hademay bozorga yangi sabzavotlarni çiqarişadi. Lekin aynan Navrözdan keyin ekilgan ekin bezarar hosilga kirişi ehtimoli yuqori, azaldan şunday bölgan.

Iqlimçimiz Erkin Abdulahadov bir neça kun avval issiq kunlar ortidan ölkamizga ğarbdan katta namlik kirib kelayotganini aytib, dehqonlarni ehtiyotkorlikka çorlagandi. Çindan hozir videoni yozayotgan vaqtimizda Samarqand osmonini bulut qoplaşni boşladi. Ob-havoning avzoyiga qaraganda tabiat «bir töpolon kötaradiganga öxşaydi». Biroq heç qanday havo siz aziz tomoşabinlar bilan birga hafta davomida dunyoda sodir bölgan eng muhim voqealarni eslaşga xalaqit berolmaydi. Bir neça daqiqa vaqtingizni ayamasangiz, hafta davomida notinç dunyomizda nimalar bölganini yodga olamiz.

Iltimos, YouTube-kanalimizda joylangan videoga like bosing, izohlarda fikringizni qoldiring. Şu tariqa videoni imkon qadar köproq odam körişiga yordam bergan bölasiz.

Gaplaşişdi

Haftaning eng muhim voqeasi AQŞ prezidenti Tramp va Rossiya prezidenti Putinning telefonda gaplaşgani böldi. Afsuski, mana şunday beçora zamonda yaşayapmiz. Ikki siyosatçi çolning telefon orqali gaplaşib, hokkey öyini ötkazişga kelişganini butun boşli 7 kunning eng muhim voqeasi deb qaraşga majburmiz. Axir sayyoramizda oxirgi 80 yillikda kuzatilayotgan eng qonli qirğinbarotni tugatiş mana şu ikki çolning qölidan keladi xolos.

Tramp va Putin aytarli heç narsani kelişişmadi. Masalan, Putin Rossiya 30 kunlik öt oçişni töxtatiş rejimini qabul qilmasligini «çiroyli qilib tuşuntirdi». Evaziga şunçaki energoobektlarga zarba bermaslik «zarbdor oyligi ötkazişni» taklif qildi. Tramp Eron Isroilni yançib taşlaydigan kuçga ega bölmasligi kerak, dedi.

Va suhbat oxirida biri 72, biri 78 ga kirgan ikki prezident yoşlikni eslaşdi. O, qanday davrlar edi, hokkey, olimpiada, SSSR, Amerika, deyişdi-da, amerikalik va rossiyalik hokkeyçilar örtasida örtoqlik öyini taşkil qilişga kelişişdi. Rusçasiga aytganda «dlya priliçiya» Kiyev va Moskva 175 nafardan asir almaşişini e’lon qildi. Böldi, boşqa heç qanday kelişuv bölmadi. Vaholanki dunyo ulardan uruşni tugatişni kutayotgandi.

Isroil yangi uruş boşladi