23 mart kuni Istanbul sudi şahar meri Akrom Imomöğlini qamoqqa olişga sanksiya berdi.
Sud qaroriga köra, korrupsiyada ayblanayotgan Imomöğli iş böyiça sud jarayoni tugaguniga qadar qamoqda saqlanadi.
«Bu qaror bizning sud tizimimiz uçun şarmandalikdir», – deya munosabat bildirdi Anqara şahri meri Mansur Yavoş.
Imomöğli qamoqqa olinişi butun Turkiya böylab uni qöllab-quvvatlab ötkazilayotgan namoyişlar fonida röy berdi. Namoyişlar 19 martdan buyon davom etmoqda va uning iştirokçilari qölga olinmoqda. 22 mart kuni keçqurun Turkiya içki işlar vaziri Ali Yerliqoya Istanbul va boşqa şaharlarda bölib ötayotgan norozilik namoyişlarida 323 kişi qölga olingani haqida xabar bergandi.
Akrom Imomöğli — Jumhuriyat xalq partiyasi yetakçilaridan biri bölib, bu partiya prezident Rajab Toyyib Erdöğanga muxolif sanaladi. 2028 yilgi prezidentlik saylovlarida aynan u Erdöğanga raqib bölişi kutilayotgandi.
U 2019 yilda Istanbul merligiga saylangandi. Öşanda avvaliga Turkiya Markaziy saylov komissiyasi uning ğalabasini bekor qilgandi, ammo takroriy saylovda u yanada katta farq bilan ğalaba qozonadi. 2024 yilda u bu lavozimga qayta saylandi.
19 mart kuni ertalab Turkiya politsiyasi Akrom Imomöğli va yana 100 ga yaqin kişini, jumladan, Istanbul ma’muriyatining yuqori martabali xodimlarini, mer maslahatçisi Murat Ongunni hibsga olgandi. Şundan beri yuz minglab turklar asosan tinç namoyişlarda köçalarga çiqmoqda.
Şuningdek, Istanbul universiteti Imomöğlining 1990 yilda Kipr şimolidagi xususiy universitetdan uning biznes boşqaruvi fakultetiga ötişida yöl qöyilgan qonunbuzarliklarni sabab qilib körsatib, diplomni bekor qildi. Turkiyada prezident saylovlarida nomzod böliş uçun esa oliy ma’lumot töğrisidagi diplom talab etiladi.













