Uni ança vaqt köriçak oğriği bezovta qilgan. Uni kesib taşlaş uçun internet va YouTube orqali jamlagan ma’lumotlar asosida şunday xavfli qaror qabul qildi, deb yozmoqda Times of India.
Ötgan haftaning çorşanba kuni keçqurun u öz uyidagi xonasini içkaridan berkitib olib, oğriqni sezmaslik uçun mahalliy anesteziya qilgan. Keyin qornining pastki öng qismini taxminan 7 santimetr uzunlik, 18 santimetr çuqurlikda kesadi. Biroq piçoq kutilganidan çuqurroq kirib ketgani uçun oğriq yanada zöraygan va kuçli qon ketiş boşlangan.
Rajababu yaraga 10–12 ta çok qöyişga harakat qilgan, lekin çoklar notöğri qöyilgani sababli qon töxtamagan. Şunda u oğir ahvolidan oila a’zolarini boxabar qilgan. Hayrat va dahşatga tuşgan qarindoşlari uni darhol Mathura tuman kasalxonasiga yetkazişgan.
Mathura kasalxonasi şifokori Şaşi Ranjanning ma’lum qilişiça, bemor özining qorin qismini 7x1 santimetrgaça kesgan. Ammo çoklar notöğri qöyilgani uçun yara yaxşi yopilmagan. Unga zarur jarrohlik operatsiyasi qilingaç, oğir ahvolda Agradagi yirik tibbiyot muassasasiga köçirilgan.
Jayt tumani politsiya bölimi rahbari Aşvini Kumarning sözlariga köra, şifoxona vakili uşbu hodisa haqida politsiyani xabardor qilgan. «U juda oğir ahvolda bölgan, lekin huşyor edi», — dedi u.
Rajababuning qarindoşi Raxul Kumarning aytişiça, u avval ham köriçak böyiça operatsiya qildirganini doimo aytgan va şu atrofdagi oğriqdan noligan.
«U jarrohlik buyumlarini özi xarid qilgan. Keyin qornini kesib, özini operatsiya qilgan. Oğriqni bosiş uçun öziga ukol qilgan bölişi mumkin. Lekin oğriq haddan kuçaygaç, taşqariga çiqib, bizni çaqirdi», — deydi oila a’zosi.
Hozirda Rajababuning ahvoli juda oğir. Mahalliy hokimiyat organlari uşbu voqeani örganişni boşladi.









