Özbekistondagi ayrim maktablar atrofida noma’lum şaxslar aylanib, bolalarga qulupnay ta’mli xavfli qand berib ketayotgani aytilgan videolar tarqaldi.

“14-maktabimizda bir bola şu qanddan yeb ölibdi, şunga ehtiyot bölinglar. Şeroz, Yusufbek, birov qand bersa, yemanglar. Hotamşer rözaligi uçun uyga kötarib olib kelibdi…

Xudoga şukr, rözaligi sabab yemagan edi, “aya, buni örtoğim berdi” deb qölimga olib kelgandi, qarasam, xuddi şu qanddan ekan. Ertaga ustozining oldiga olib çiqaman, ustoziga aytdim, “olib çiqing, hal qilamiz” dedi. Şunga ogoh bölinglar”, – deyiladi videodagi murojaatda.

Yana bir videoda ham maktab öquvçilarining qöliga xuddi şunday qand tuşib qolgani, noma’lum kişilar avtomobilda kelib, bolalarga tutqazib ketişgani aytiladi.

“Bizning maktabga ham, bizning mahallaga ham kelib bölibdi. Maşinada indamay berib ketişibdi. Boşlanibdi mana bizning mahallada ham, bolalarga, öquvçilarga ehtiyot bölinglar”, – deydi ayol.

Kun.uz holat yuzasidan Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi bilan boğlandi. Matbuot xizmatiga köra, ayni vaziyat IIO tomonidan örganilmoqda. Öquvçilar qöliga tuşgan konfetlar ekspertizaga berilgan. Hali xulosa natijalari olingani yöq. Qöşimça ma’lumot berilişi kutilyapti.