Toşkent şahrida ayol maşinalarga quyiladigan qariyb 2 litr antifriz suyuqligini içib yubordi. Bu haqda «Millar» dasturida xabar berildi.

Qayd qilinişiça, poytaxtdagi şifoxonalarning birida maşinaga quyiladigan zaharli «antifriz» suyuqligini içib yuborgan ayol oğir ahvolda yotqizilgan. Unga darhol birinçi yordam körsatilgan.

Ayol nima uçun zaharli antifrizni içgani haqida ma’lumot berilmadi.

Şifokor sözlariga köra, ayolning ahvoli oğir va kerakli mutaxassislar nazorati ostida.

Ta’kidlanişiça, zaharli suyuqliklarni içiş ötkir buyrak yetişmovçiligini keltirib çiqaradi. Agar kerakli yordam vaqtida körsatilmasa, ölim holatiga ham olib kelişi mumkin.