Rossiyalik harbiylar 24 mart kuni Sumi şahri böylab raketa zarbasi yölladi — uşbu oblast markazi Kursk oblasti bilan çegaradan 30 kilometr masofada joylaşgan. Rasmiylarga köra, 101 kişi yaralangan, şundan 23 nafari — bolalar; Katta yoşli jabrlanuvçilarning 16 nafari va 14 bola şifoxonaga yotqizilgan.

Guvohlarning sözlariga köra, köplab odamlar şişa parçalaridan şikastlangan. Zarba şaharning maktab, bir neçta bolalar boğçasi va yuqumli kasalliklar şifoxonasi joylaşgan turar joylar hududiga berilgan.

«Hamma joyda bolalar bor edi», – deydi Sumida yaşovçilardan biri BBC Ukraina xizmatiga.

Sumi oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Volodimir Artyuxning ma’lumotlariga köra, Rossiya hujumi oqibatida turar joy binolari va infratuzilma obektlariga zarar yetgan.

Artyuxning yozişiça, Rossiya Sumiga raketa hujumi uyuştirgan, natijada maktabga ham zarar yetgan. Hujum vaqtida bolalar bombapanohda bölgan, ulardan heç biri jabrlanmagan.

Denys Kryvopyshyn / Cukr.city / Global Images Ukraine / Getty Images

Qutqaruvçilar 40 nafar bola va yoşi katta bölgan 16 kişini evakuatsiya qilgan. Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmati maktab binosi qisman vayron bölganini ma’lum qildi.

Mahalliy jurnalistlar ta’kidlaşiça, zarbalar berilgan vaqtda Sumida havo trevogasi e’lon qilinmagan.

Zarba Ar-Riyodda tinçlik örnatiş böyiça muzokaralarning yangi bosqiçi bölib ötayotgan kunda yöllandi. Rossiya Mudofaa vazirligi hujumga izoh bermadi.

Sumi oblasti harbiy ma’muriyati rahbari portlaş ovozlari eşitilayotgan voqea joyidan olingan videoni e’lon qildi.

Denys Kryvopyshyn / Cukr.city / Global Images Ukraine / Getty Images

Oblast ma’muriyati tomonidan e’lon qilingan boşqa videolarda vayron bölgan binolar va xonadonlardan çiqayotgan tutunni köriş mumkin.

Portlaş tölqini uylar vayron bölişiga olib kelgan, köp qavatli uylarning deraza va eşiklarini sindirgan. Ba’zi xonadonlarda yonğinlar boşlangan, deb xabar beradi politsiya.