Odatda, beş toifadagi insonlar firibgarlar tuzoğiga tuşişga eng köp moyil böladi, deydi rossiyalik mutaxassis, psixologiya fanlari doktori, professor Vera Nikişina.

Ular qatoriga keksalar, tanqidiy fikrlaşi past, işonuvçan, qattiq çarçagan va şaxsiy manfaatlarini yuqori qöyuvçi odamlar kiradi.

Bugungi kunda firibgarlar öz maqsadlariga erişiş uçun odamlar e’tiborini jalb qiliş texnologiyalaridan köproq foydalanmoqda. Buning uçun odamlarda turli hissiyotlar — qörquv, hayrat, tuşunmovçilik, agressiya yoki ğazab tuyğularini qözğaş kifoya. Emotsiyalar qançalik kuçli bölsa, firibgarlarga aldaniş ehtimoli şunçalik oşadi, deydi mutaxassis.

 “Har qanday odam potensial texnologik ta’sirga duçor bölişi mumkin. Bizda bunday ta’sirlanişni baholaydigan muayyan mezonlar mavjud. Ular orasida tanqidiy fikrlaşning pastligi va işonuvçanlik bor. Şuningdek, katta avlodni bunga kiritiş mumkin, çunki ularning ruhiy olami texnologik ta’sirdan taşqarida şakllanib kelgan. Ya’ni ularning miyasi firibgarlar foydalanadigan texnikalarga moslaşmagan. Şu sababli keksa yoşdagi aholi uçun bu xavf ança yuqori. Çarçoq ham firibgarlarga aldaniş ehtimolini oşiradi. Yana bir omil — ssenariyning asosi muhim şaxsga yönaltirilgan bölişi. Masalan, ona uçun bolaning xavfsizligi, bola uçun esa biror nojöya işda ayblanişdan qoçiş muhim”, — deb tuşuntirdi psixolog.

Mutaxassis firibgarlardan himoyalaniş uçun begonalardan masofa saqlaş kerakligini ta’kidladi.

“Tanimagan odamlaringiz bilan suhbatlaşmang. Muhim ma’lumotni olişga qiziqişdan köra, şubhalaniş va firibgarlik sxemasiga tuşmaslik afzal. Masofa saqlaş firibgarlardan eng yaxşi himoyalaniş vositasidir. Telefonda kimdir özini rasmiy şaxs deb taniştirsa, uzr sörab, biroz pauza qilişingiz, rasmiy saytlardan kerakli kontaktni topib, işonç telefoniga qönğiroq qilişingiz mumkin”, — deb xulosa qildi mutaxassis.