Vaziyatdan xabardor manbalarning CBS telekanaliga ma’lum qilişiça, Saudiya Arabistonidagi muzokaralar yakunlari böyiça Rossiya-Amerika qöşma bayonoti Toşkent vaqti bilan soat 13:00 da e’lon qilinadi.

Telekanalning aniqlik kiritişiça, bu ma’lumot ikki manba tomonidan tasdiqlangan.

«Bayonot tafsilotlari hali aniq bölmasa-da, Ar-Riyoddan AQŞ texnik guruhi tomonidan Tramp ma’muriyatiga taqdim etilgan hisobotlar optimistik körinyapti», dedi ular.

Manbalardan birining qöşimça qilişiça, bu haqda Ukraina tomoni ham xabardor etilgan.

24 mart, duşanba kuni Rossiya va AQŞ delegatsiyalari Ar-Riyodda Ukrainadagi kelişuv böyiça muzokara ötkazdi, uning asosiy mavzusi Qora dengizda kemalar xavfsizligini ta’minlaş deb e’lon qilindi. Öt oçişni töxtatiş va infratuzilmani himoya qiliş masalalari ham muhokama qilingan uçraşuv jami 12 soat davom etdi.

Sönggi ma’lumotlarga köra, şundan söng AQŞ va Ukraina delegatsiyalari örtasida yangi uçraşuv bölib ötadi. Prezident Volodimir Zelenskiy Rossiya va AQŞ örtasidagi Ar-Riyoddagi muzokaralarni izohlar ekan, Moskva vakillarini «uruş jamoasi» deb atadi, ammo Vaşingtonni Rossiya bilan muloqoti uçun qoralamadi.

Avvalroq AQŞ Ukrainada öt oçişni töxtatişdan «bir nafas uzoqda» ekanini ma’lum qilgan edi.