Olmaotalik fuqaro advokat sifatida neyron tarmoqdan foydalandi va özini oqlay oldi. U özining Telegram-kanalida işining yakuni haqida gapirib berdi.
Ötgan yilning dekabr oyida Kenjyebek Ismoilov yöl harakati qoidalarini buzgani uçun 5,8 ming tenge (taxminan 149 ming söm) jarimaga tortilgan — u çorrahada oldida turgan yuk maşinasini aylanib ötiş uçun jamoat transporti yölagiga çiqib ketgan. Biroq haydovçi jarima öziga noqonuniy ravişda belgilanganiga amin bölib, dastlab içki işlar bölimiga ariza bilan murojaat qilgan, söng rad javobi tufayli sudgaça çiqqan.
ChatGPT da’vogarga arizani tuzişda yordam berdi. «Sapa» xabariga köra, neyrotarmoq erkakka sudyaning savollariga real vaqt rejimida javob beriş jarayonida ham yordam bergan va bor-yöği 10 daqiqa davom etgan sud majlisidan söng jarima bekor qilingan.
«Pul uçun sudga bormadim. Bu prinsipiallik masalasi edi. Xodimlar keyingi safar öz işiga jiddiy yondaşişlarini istardim. Sudda xodimlar özini qöpol va noprofessional tutdi. Bu fuqarolik burçi edi», — deya işonç bildiradi Kenjyebek.
Endi u politsiya departamentiga murojaat qilib, ma’naviy zarar uçun tovon undirişni rejalaştirmoqda.









