2025 yilning yanvar-fevral oylarida Özbekiston 42 mln dollarlik gaz eksport qildi. Bu ötgan yilning mos davridagi körsatkiçga (26,7 mln dollar) nisbatan 57,3 foizga köp. Bu haqda Statistika qömitasi hisobotida keltirilgan.

Birgina fevral oyida 20,2 mln dollarlik gaz sotilgan bölib, bu ötgan yilning fevraliga nisbatan 14,5 mln dollarga yoki 3,54 barobarga köp.

Öz navbatida, mazkur davrda gaz importi 35,8 mln dollarni taşkil etgan. Xususan, fevral oyida gaz sotib oliş 8 mln dollargaça (16,4 barobar) qisqargan. Yil boşidan beri gaz importi 6 barobarga (166,7 mln dollardan 35,8 mln dollarga) kamaygan.

Ma’lumot uçun, fevral oyida Özbekistonda gaz qazib oliş 208,8 mln kub metrga kamayib, 3 mlrd 501,5 mln kub metrgaça qisqargan. Yil boşidan beri umumqisqariş 4,2 foiz bölgan.

Eslatib ötamiz, Özbekiston 2024 yil davomida Rossiya va Turkmanistondan 1,7 mlrd dollarlik gaz sotib oldi. Bu – 2023 yilga nisbatan 2,4 barobarga, 2022 yilga nisbatan 6 barobarga köp. Öz navbatida, gaz eksporti qiymat jihatdan 18 foizga oşib, 628 mln dollarga yetdi. Tabiiy gaz qança narxda import va eksport qilinayotgani “tijoriy sir” sifatida oçiqlanmay keladi.

Bundan beş yil oldin, rasmiylar 2025 yil 1 yanvardan Özbekiston tabiiy gaz eksportini töxtatişi mumkinligini aytgandi.