Rossiya delegatsiyasi Saudiya Arabistonida AQŞ bilan ötkazilayotgan muzokaralarda Ukrainaning törtta — Donetsk, Luhansk, Zaporijjya va Xerson oblastlarining barça hududi öz nazorati ostiga berilişiga erişmoqçi, deb xabar beradi The Moscow Times.

Garçi Rossiya armiyasi uşbu hududlarning birontasini töliq nazorat qilmasa ham, Kreml ularni Rossiya konstitutsiyasiga muvofiq, ya’ni anneksiya qilingan hududlar sifatida, ma’muriy çegaralari bilan qölga kiritişga umid qilmoqda. Manbalarga köra, Putin siyosiy jihatdan bu hududlarni yöqotişga yöl qöya olmaydi, şuning uçun Rossiya har qanday yöl bilan ularga egalikni mustahkamlaş niyatida. «Rossiya konstitutsiyasida hududlarning tarkibdan çiqiş mexanizmi yöq. Bizga butun Zaporijjya va Xerson oblastlari kerak», — degan manba.

Rossiyalik yana bir amaldorga köra, Kreml tomoni Vaşington Rossiya tomonidan egallangan hududlardan Ukraina qöşinlari butunlay olib çiqib ketilişi borasida Kiyevga bosim ötkazişiga umid qilmoqda. 

Muqobil yöl sifatida Rossiya Ukrainaning boşqa oblastlarini, masalan, Dnepropetrovsk yoki Sumini egallaşga urinişi, keyin esa ularni Xerson va Zaporijjyaga almaşişni taklif qilişi mumkin. 

Fevral holatiga köra, Rossiya armiyasi Luhansk oblastining 98,6 foizini, Donetskning — 62,6 foizi, Zaporijjyaning — 71,9 foizi va Xersonning — 69,3 foizini nazorat qilmoqda. 

Isroillik harbiy ekspert David Şarpning ta’kidlaşiça, Rossiya uşbu oblastlarni harbiy yöl bilan tezda egallay olmaydi. «Rossiyaliklar uçun bir juft qişloqni egallaş ham katta natija. Dneprni kesib ötiş va Xersonni egallaş, yoki hatto har ikki qirğoqda joylaşgan Zaporijjya şahriga kirib boriş uçun favqulodda hodisa yuz berişi kerak. Bu juda qiyin vazifa», — deydi u.