Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomamizda taniştiramiz.
Ğazodagi vaziyat «xavfli faza»ga ötdi
Ğazo hukumati Isroilning 23 kunlik qamali tufayli eksklav «xavfli faza»ga kirganini e’lon qildi. Isroil har kuni 600 dan ortiq yuk maşinasi va 50 ta yonilği avtosisternasini kiritmasdan, yordamni çeklayapti.
Rasmiy bayonotda bu harakatlar «tizimli jinoyatlar» sifatida baholandi. Novvoyxonalar yopilyapti, un tugayapti, kasalxonalarda esa dori-darmon ham, yoqilği ham qolmayapti.
Qamal tufayli yuzlab şifokor va jarrohlar Ğazoga kiritilmayapti. Bu esa minglab bemorlarning hayotini xavf ostiga qöyadi.
Yanvarda tuzilgan otaşkesim marta oyida buzilgandi. Şundan beri 670 dan ortiq falastinlik halok bölgan, asosan ayollar, bolalar va qariyalar.
Isroil tomonidan Ğazoda öldirilgan jurnalistlar soni esa 208 nafarga yetdi. Bu haqda Ğazo hukumati qoşidagi media-ofis bayonotida ma’lum qilindi.
Bayonotga köra, yaqinda Isroil harbiylarining navbatdagi qurboni falastinlik jurnalist Husam Şabbat böldi.
Saudiyadagi muzokaralar qanday ötdi?
24 mart kuni Saudiya Arabistonida AQŞ va Rossiya rasmiylari uçraşib, 12 soat davom etgan muzokaralar çoğida Ukraina böyiça yangi kelişuv loyihasini muhokama qildi. Reuters agentligiga köra, muzokaralarda asosiy e’tibor Qora dengizdagi otişmalarni töxtatişga qaratilgan. Bu birinçi bosqiçdagi lokal sulh bölib, keyinçalik keng qamrovli kelişuvga ötiş uçun poydevor bölişi mumkin.
Amerikaliklar fikriça, Qora dengizda dengiz yöllari va don eksport xavfsizligini ta’minlaş orqali umumiy keskinlikni pasaytiriş mumkin.
Kreml muzokaralarga oçiq ekanini bildirdi. E’tiborli jihati — bu kelişuvlar Ukraina iştirokisiz ötmoqda. AQŞ delegatsiyasi Kiyev bilan keyinroq alohida uçraşuv ötkazişni rejalaştirgan.
AQŞ Milliy xavfsizlik maslahatçisi Mayk Uoltsning aytişiça, muzokaralarda faqat Qora dengiz emas, balki Rossiya va Ukraina örtasidagi ehtimoliy «nazorat çiziği», özaro işonç çoralari va tinçlikni saqlaş mexanizmlari ham muhokama qilinmoqda.







