Özbekiston elçixonasi kömagida Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi direktori Abdulla Azizov va BMTning Loyihalarga xizmat körsatiş vakolatxonasi (UNOPS) ijroçi direktori yordamçisi Kristine Damkyayer örtasida onlayn uçraşuv taşkil qilindi.
UNOPS direktorining yordamçisi Kristine Damkyayer taşkilot Özbekistonda mahalliy işlab çiqarilgan farmatsevtika mahsulotlarini xarid qiliş imkoniyatlarini örganayotganini bildirdi.
Tomonlar özaro hamkorlikni davom ettiriş va mahalliy farmatsevtika mahsulotlarini xalqaro bozorlarga çiqariş böyiça istiqbolli yönalişlarni örganiş yuzasidan kelişib oldi.
UNOPS – BMTning ixtisoslaşgan agentligi bölib, infratuzilma, soğliqni saqlaş, xaridlar va loyihalarni boşqariş sohalarida global miqyosda faoliyat yuritadi. Taşkilot soğliqni saqlaş sektorida barqaror va samarali yeçimlarni yaratiş maqsadida davlat va xususiy sektor bilan hamkorlik qiladi.









