HAMASga yana tahdid qilgan Isroil, Ar-Riyoddagi muzokaralar yakuni va yettinçi muddatiga kirişgan Lukaşenko - kun dayjesti
|18:05 / 26.03.20256 8288 min
Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomamizda taniştiramiz.
Isroil HAMASga tahdid qildi
Isroil mudofaa vaziri Israel Kats Ğazo sektoridagi harbiy harakatlarni qayta boşlaş rejasini tasdiqladi. Unga köra, armiyaning asosiy maqsadi — HAMAS qölida garovda uşlab turilgan asirlarni ozod qiliş.
Katsning sözlariga köra, agar HAMAS bu talabni rad etsa, «katta yöqotişlar»ga duç keladi.
18 mart kuni Isroil keng kölamli havo zarbalarini boşlab, 19 yanvardan buyon amal qilib kelayotgan otaşkesim rejimini buzgan edi.
Ğazodagi soğliqni saqlaş vazirligiga köra, sönggi kunlarda amalga oşirilgan zarbalarda 792 falastinlik halok bölgan, 1663 kişi yaralangan. Birgina 25 mart tongidagi hujumlarda kamida 20 falastinlik qurbon bölgan.
Husiyçilar Tel Aviv aeroportiga yana zarba berdi
Xusiyçilar 25 mart tongida Tel-Avivdagi Ben-Gurion xalqaro aeroportiga ikki ballistik raketa bilan zarba berganini ma’lum qildi. Harakat vakili Yahyo Sariaga köra, bu sönggi haftadagi beşinçi hujumdir.
Saria bu harakat Isroilning Ğazodagi tajovuzini töxtatiş maqsadida amalga oşirilganini aytdi. Unga köra, bundan buyon Isroilning eng katta aeroporti parvozlar uçun xavfliligiça qoladi.
Isroil tomoni esa barça raketalar mamlakat havo hududiga yetib bormasdan yöq qilinganini bildirgan. Heç qanday talafot yoki jabrlanuvçi haqida ma’lumot berilmagan.
Xusiyçilar şuningdek, AQŞ qöşinlariga qarşi Qizil dengizda ham muntazam zarbalar yölga qöyilganini iddao qilmoqda.
Zelenskiy Ar-Riyoddagi muzokaralar haqida
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ar-Riyodda ötgan muzokaralar çoğida Qora dengizda zarbalarni töxtatiş yuzasidan AQŞ, Ukraina va Rossiya delegatsiyalari kelişuvga erişganini ma’lum qildi. Unga köra, kelişuv Vaşington rasmiy bayonot berganidan söng kuçga kiradi.
Zelenskiy AQŞ Rossiya bilan hududlar masalasini muhokama qilayotganini bildirdi va Kiyev bu muzokaralarda iştirok etmayotganidan xavotirlanayotganini yaşirmadi. «Bizni AQŞning Rossiyaga qançalik ta’sir körsata olişi qiziqtiradi, aksi emas», — dedi u.
Mavzuga oid
«Bu otaşkesim qança zarur bölsa, şunça davom etadi, lekin rossiyaliklar uni muntazam buzib turadi», — deya qöşimça qildi Zelenskiy.
Ukraina prezidenti Rossiya muzokaralarda doim eng yuqori talablarni qöyayotganini ham ta’kidladi. «Ular maksimal plankani qöyib, keyin undan tisarilişga joy qoldiradi. AQŞ esa na bizni qöllab-quvvatlaydi, na Rossiyani — ular örtada turmoqda», — dedi u.
Zelenskiy şuningdek, Rossiya iqtisodi 2026 yoki 2027 yilda jiddiy tanazzulga uçraşini aytdi. Unga köra, bu taxmin emas, aniq hisob-kitoblarga asoslangan.
Qora dengizdagi otişmalar töxtaydi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Saudiya Arabistonidagi muzokaralarda Qora dengizdagi otişmalarni töxtatiş va energetika obektlariga zarba berişni taqiqlaş böyiça kelişuvga erişilganini tasdiqladi.
Unga köra, moratoriy Vaşington rasmiy bayonot berganidan söng amalga kirişi mumkin. Zelenskiy navbatdagi muzokaralar yaqin kunlarda bölib ötişini aytdi.
Agar Rossiya kelişuvni buzsa, Zelenskiy AQŞ prezidenti Donald Trampdan qurol-yaroğ va sanksiyalar talab qilişini bildirdi.
Prezidentga köra, kelişuvlarga rioya etilişini AQŞ nazorat qiladi, ayrim hollarda Turkiya yoki Saudiya Arabistoni ham jalb etilişi mumkin.
Eslatib ötamiz, Ar-Riyodda Rossiya va AQŞ örtasida Rossiya hamda Ukraina hududidagi energetika obektlarini himoya qiliş böyiça kelişuvga erişilgan. Mazkur muvaqqat moratoriy 18 martdan kuçga kirgan. Uning amal qiliş muddati — 30 kun. Keyingi kelişuvlarga köra, uni uzaytiriş ham mumkin.
Moratoriy quyidagi obektlarga taalluqli:
1. Neftni qayta işlaş zavodlari;
2. Neft va gaz quvurlari, omborlar va nasos stansiyalari;
3. Elektr energiyasini işlab çiqaruvçi va uzatuvçi infratuzilmalar — stansiyalar, podstansiyalar, transformatorlar;
4. Atom elektrostansiyalari;
5. GES töğonlari.
Agar tomonlardan biri moratoriyni buzsa, ikkinçi taraf kelişuvdan ozod deb hisoblanadi.
Rossiya sanksiyalardan 500 mlrd dollar zarar körgan
Garçi Rossiya prezidenti Vladimir Putin sanksiyalardan qisman xalos böliş maqsadida AQŞning yangi prezident ma’muriyati bilan keskinlikni yumşatiş böyiça kelişuvga erişişga urinayotgan bölsa-da, Yevropa davlatlari çeklov çoralaridan voz keçiş niyatida emas.
Yevropa Ittifoqining maxsus vakili Devid ÖSallivan sanksiyalarni samarali deb hisoblaydi va ayni paytda Rossiya iqtisodiyotiga eng kuçli zarba aynan Yevropa sanksiyalaridan kelayotganini ta’kidlaydi.
ÖSallivanning bayonotiga köra, Ğarb sanksiyalari tufayli Rossiya qariyb 500 mlrd dollar daromaddan mahrum bölgan. Bu miqdor Rossiyaning uç yillik harbiy budjetiga teng.
Qolaversa, Ğarb davlatlarining iqtisodiy çoralari Rossiyani neftini G7 tomonidan örnatilgan narx çegarasini çetlab ötgan holda taşiş uçun «soyadagi flot» tuzişga 10 mlrd dollar sarflaşga majbur qilgan.
Rossiya neftini arzon narxlarda Osiyo davlatlariga sotişga majbur böldi va gaz bozorida Yevropa uluşini yöqotdi. Rossiya gazi YeIda 45 foizdan 15 foizga tuşdi.
Rossiyaning eng yirik kompaniyasi «Gazprom» 2024 yilda 1 trln rubl zarar kördi, uning valuta zaxiralari esa 50 barobarga qisqardi.
AQŞ Suriyaga qöyilgan sanksiyalarni yumşatiş uçun Damaşq bajarişi lozim bölgan şartlar röyxatini taqdim etdi. Bu haqda Reuters agentligi manbalarga tayanib xabar berdi.
Ma’lumotga köra, AQŞ Davlat departamentining rasmiysi Nataşa Françeski Suriya taşqi işlar vaziri Asad Hasan al-Şayboniyga uşbu talablarni Bryusseldagi uçraşuvda yetkazgan.
Şartlar quyidagilarni öz içiga oladi:
– kimyoviy qurol zaxiralarini yöq qiliş;
– terrorizmga qarşi hamkorlik;
– xorijlik isyonçilarni hokimiyatdan çetlatiş;
– amerikalik jurnalist Ostin Taysni topişda yordam.
AQŞ uşbu talablar bajarilsa, ayrim sanksiyalarni yengillaştirişga tayyorligini bildirdi, ammo aynan qaysi çeklovlar olib taşlanişi oçiqlanmagan.
Tramp çat bilan boğliq mojaroni izohladi
AQŞ prezidenti Donald Tramp Yamandagi husiyçilarga zarba beriş rejalari muhokama qilingan çatdagi ma’lumotlarning oşkor bölişiga izoh berdi. Unga köra, voqea jiddiy oqibatlarni keltirib çiqarmagan.
Trampning ta’kidlaşiça, milliy xavfsizlik masalalari böyiça maslahatçi Maykl Uols xatosidan saboq çiqargan va uni «yaxşi inson» deb atagan.
Çatdagi sözlaşmalar The Atlantic naşri jurnalisti Jyeffri Goldbergning Signal Maykl Uolts tomonidan çatga bexos qöşib qöyilişi orqali foş böldi. Çatda AQŞning yuqori martabali mulozimlari husiyçilarga qarşi zarbalar muhokama qilgan.
Ayrim naşrlar Uols iste’foga çiqarilişi mumkinligini ham yozdi. Hattoki Kongressda masala böyiça tergov ötkaziş taklif qilindi. Bloomberg esa bu holat AQŞning Yevropa bilan maxfiy ma’lumot almaşişdagi obröyiga zarar yetkazişi mumkinligini ta’kidladi.
Lukaşenko yettinçi marta prezident
Aleksandr Lukaşenko 25 mart kuni rasman Belarus prezidenti lavozimiga yettinçi marta kirişdi. Inauguratsiya marosimida u Konstitutsiyaga qöl qöyib, belarus tilida qasamyod keltirdi va Markaziy saylov komissiyasi raisi Igor Karpenkodan prezident guvohnomasini qabul qildi.
Marosimni MSK raisi oçgan va Lukaşenkoni «erkin va demokratik saylov natijasida saylangan» deb e’lon qilgan. Qasamyoddan söng davlat madhiyasi yangragan, prezident esa rasmiy aktni imzolagan.
Yanvar oyida ötgan saylov natijasiga köra, Lukaşenko 86,82 foiz ovoz töplab, özining bu boradagi eng yuqori körsatkiçiga erişgan. U avvalgi saylovlarda ham yuqori natijalar bilan ğalaba qozongan. Masalan, 2020 yilda 80,1 foiz, 2015 yilda 83,47 foiz, 2010 yilda 79,65 foiz.
Lukaşenko ilk marta 1994 yilda Belarus prezidentligiga saylangan va şundan beri töxtovsiz rahbarlik qilmoqda.