Ilon Maskka tegişli xAI kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan Grok neyron tarmoği endi Telegram'da ham mavjud. Bu haqda milliarderning özi ma’lum qildi.

Sun’iy intellekt çatbotini faqat Premium foydalanuvçilar işlata oladi. Neyrotarmoqni @GrokAI nomi bilan topiş mumkin.

Grok 2023 yil noyabrida işlab çiqilgan va Ilon Maskning X ijtimoiy tarmoğiga integratsiya qilingan. Dastlab, sun’iy intellekt faqat oyiga $16 turadigan pullik Premium+ obunasi bölgan foydalanuvçilar uçun mavjud edi. 2024 yil aprel oyidan boşlab, Grok oyiga $8 narxli Premium obunasi foydalanuvçilari uçun ham oçildi.

Ilon Mask 2023 yil iyul oyida sun’iy intellektni rivojlantiriş böyiça xAI kompaniyasiga asos soldi. Tadbirkorning sözlariga köra, kompaniya X, Tesla va boşqa kompaniyalar bilan yaqindan hamkorlik qiladi.