Özbekistonning San-Marinoga tayinlangan birinçi elçisi Abat Fayzullayev (qarorgohi Rimda joylaşgan) mazkur davlat rahbarlari – Kapitan-regentlar Françeska Çiverkya va Dalibor Rikkardiga işonç yorliqlarini topşirdi.

Tantanali marosimda San-Marino taşqi işlar vaziri Luka Bekkari sözga çiqib akkreditatsiyadan ötgan elçilarni olqişladi.

Özaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantiriş, ikki tomonlama şartnoma-huquqiy bazani mustahkamlaş, köp tomonlama hamkorlik yönalişida, xususan, BMT va YeXHT doirasida nomzodlar va taşabbuslarni özaro qöllab-quvvatlaş kabi mavjud manfaatli şeriklikni davom ettirişga işonç bildirildi.

Özbekiston va San-Marino örtasidagi diplomatik munosabatlar 2021 yil 3 fevralda örnatilgan. 

Abat Fayzullayev 2023 yil noyabr oyidan buyon Özbekistonning Italiyadagi elçisi va Rimdagi xalqaro taşkilotlar (FAO, QXRXJ, BOOD) huzuridagi doimiy vakili hamda 2024 yil dekabr oyidan boşlab Özbekistonning Kiprdagi elçisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Abat Fayzullayev 2020-2023 yillarda Özbekistonning Avstriyadagi va örindoşlik asosida Vengriyadagi elçisi sifatida işlagan. U bir vaqtning özida Özbekistonning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti hamda Venadagi boşqa xalqaro taşkilotlar huzuridagi doimiy vakili lavozimida faoliyat olib borgan.