Seşanba oqşomida Yevropada JÇ-2026 saralaş bosqiçi doirasida yana uçta guruhda ikkinçi tur uçraşuvlari bölib ötdi.

I guruh

Dirijyor Edegor

Isroil — Norvegiya 2:4
Gollar: Abu Fani (55), Turgeman (90+3) — Volf (39), Syorlot (59), Ayyer (65), Holand (83).
Isroil: Perets, Goldberg (Revivo 46), Şlomo, Naxmias, Abada (Dasa 61), Glux, Solomon, Jobir (Abu-Fani 46), Perets (Biton 61), Perets (Xalayli 78), Turjyeman.
Norvegiya: Nyuland, Volf (Gregersen 90), Heggem, Ayyer, Ryuerson, Berg (Yonsen 75), Berge, Edegor (Pedersen 90+1), Skellerup (Dennum 61), Syorlot (Heuge 74), Holand.
Ogohlantirişlar: Naxmias (82) – Heggem (31), Syorlot (72)

Agar golli vaziyatlar soniga qaralsa, Isroil birinçi turda norvegiyaliklardan beşta javobsiz gol qabul qilib olgan Moldovaning ahvoliga tuşişi mumkin edi. Skandinavlarning ilk hujumiyoq xavfli tus oldi, ammo Syorlotning zarbasidan keyin töp darvoza tösiniga bordi. Keyin «Bavariya» darvozaboni Perets katta sahnaga çiqdi, uni hatto Holand ham doğda qoldira olmadi, holbuki Erling bir neça bor gol urmaslik qiyin bölgan pozitsiyalardan turib hujum qilgandi. Faqat bölim oxirlariga borib Edegorning ajoyib pasidan keyin himoyaçi Myoller Volf nozik harakat bilan töpni darvozabonning yonidan ötkazib hisobni oçdi.

Syorlot yana bir bor ustunni nişonga olişi bilan boşlangan ikkinçi bölim davomida isroilliklar ma’lum vaqtga taşabbusni qölga olişdi. Solomonning ayyorona zarbasini darvozabon Nyulann qaytardi, ammo biroz ötib Abu Fani rikoşet yordamida qatorasiga ikkinçi öyinda öz nomini tabloga yozdirib qöydi. Bu esa aks ta’sir körsatib, vikinglarni uyğotib yubordi va ular raqib mudofaasini yançib taşladi. Burçak zarbasi ijro etilganida baland böyli Syorlot töpga sakramasdan ham boş bilan darvozani işğol etdi, uçinçi golni urgan Ayyerga esa rikoşetlar seriyasi yordam berdi.

Keyin esa Holand milliy jamoa safidagi yubiley — qirqinçi golini nişonladi. Erling öz uslubida himoyaçilar ortida oçildi, uni şu kuni assistlar böyiça het-trik qayd etgan Edegor golli pas bilan ta’minladi. «Arsenal» sardori Moldovaga qarşi öyinda ham uçta golda öz hissasini qöşgandi. «Mançester Siti» forvardi esa milliy jamoa safidagi bu natijaga 41 öyinda erişdi, lekin bu terma jamoalar safidagi faqat ikkinçi eng yaxşi körsatkiç. Tezkorlik bobida afsonaviy Gerd Myuller oldinda, unga dastlabki 40 gol uçun 33 öyin yetarli bölgan. Sönggi yillarda katta turnirlardan çetda qolayotgan Norvegiya esa bu safar saralaş bosqiçini qatorasiga ikki ğalaba bilan boşladi.