2025 yil 30 iyunidan boşlab Rossiyada migrantning raqamli profili joriy qilinadi. Bu haqda boş vazir Mixail Mişustin ma’lum qildi.
Ta’kidlanişiça, u noyob identifikatorga ega böladi va kelajakda qoğoz patentini almaştira oladi. Biroq, bu özgarişga tayyorgarlik köriş kerak, deb ta’kidladi Mişustin.
«Migratsiya siyosati juda sezgir masala. Noqonuniy migratsiyaning katta uluşi bu jamoat xavfsizligi va barqarorligi uçun tahdid», dedi boş vazir Davlat Dumasidagi nutqida. Uning eslatişiça, hozir 640 ming migrant mamlakatda noqonuniy bölib turibdi va ular maxsus reyestrga kiritilgan.
Bu Rossiyadagi migrantlar bilan boğliq körib çiqilayotgan yagona taşabbus emas. Bir kun oldin, 25 mart kuni LDPR deputatlari guruhi Davlat Dumasiga migrantlarga maqsadli patentlarni majburiy berişni taklif qiluvçi qonun loyihasini taqdim etdi. Bu şuni anglatadiki, patentda aniq kasbni körsatiş kerak böladi. Hozirgi kunda kasbni belgilaş majburiy emas.
Boşqa çora-tadbirlar qatorida, migratsiya siyosatini kuçaytiriş doirasida nazorat ostidagi şaxslar reyestri yaratildi, noqonuniy migratsiyani taşkil etganlik uçun jarimalar kuçaytirildi. Şu bilan birga, mart oyi boşida hukumat parlament quyi palatasiga patent böyiça işlayotgan xorijliklarning joylaşuviga qöyiladigan talablarni yengillaştiriş böyiça qonun loyihasini kiritdi.









