Toşkentliklarning sevimli mineral suvi qayerga ğoyib böldi? Bu suv qayerdan olinadi va qanday foydali xususiyatlarga ega? Toshkent suvi qaçon sotuvga çiqariladi?
“Toshmineralsuv Bottler” MÇJ direktori Rustambek Qahhorbekov şu va boşqa savollarga javob berdi.

— Rustambek Uluğbekoviç, Toshkent mineral suvining paydo böliş tarixini aytib bersangiz.
— Tasodifiy narsalar eng sevimli bölib qoladi, degan gap bor. Toshkent mineral suvi ham xuddi şunday. 1952 yilda geologlar Toşkentdan taxminan 20 km şimolda joylaşgan Keles bekati hududida qidiruv quduqlarini burğilaşdi. 1371 metr çuqurlikdan neft yoki gaz emas, issiq suv otilib çiqdi. Moskvada ötkazilgan tahlillar uşbu suv tarkibida inson salomatligi uçun foydali bölgan köplab mikroelementlar mavjudligini aniqladi. Şu yilning özida ÖzSSR rahbariyati Toshkent viloyatida mazkur suvning xususiyatlariga asoslangan balneologik şifoxonalar quriş töğrisida qaror qabul qildi. Toshkent şahri va viloyati hududida 9 ta davolaş muassasasi barpo etildi. Ulardan biri bölgan «Toshkent mineral suvlari» sanatoriysi bugungi kunda ham muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda. Öz hududida maxsus suv quduğiga ega bölgan bu sanatoriyda köplab kasalliklar samarali davolanib kelmoqda.
1962 yilda ÖzSSR Oziq-ovqat sanoati vazirligining taşabbusi bilan uçta quduqdan Toshkent mineral içimlik suvini idişlarga quyiş boşlandi. Yumşoq ta’mli va tarkibida foydali moddalar bisyor bölgan bu mineral suv toşkentliklarga manzur böldi. Suv şunçalik maşhur bölib ketdiki, toşkentliklar SSSRning boşqa şaharlarida bölganlarida dökonlar va restoranlarda Toshkent suvini söraydigan bölişdi. Hatto gazlangan har qanday suvni “Toshkent suvi” deb atay boşlaşdi.
— 1990 yillar örtalarida Toshkent suvi sotuvdan çiqib ketdi. Buning sababi nimada?
— Bu köplab korxonalar yopilayotgan paytlar edi. Rejali tizim iqtisodiyotning bozor modeliga özgartirildi. Boşqa tomondan, içimliklar bozorida, şu jumladan jahon miqyosida yangi öyinçilar paydo böldi. Bizda sanatoriy infratuzilmasini qayta tiklaş va Özbekistonga transmilliy korporatsiyalarning kirib kelişi bilan boğliq murakkab davrlar boşlandi. Ular öz mahsulotlari va ulkan reklama budjetlari bilan bizning bozorimizga kirib kelişdi. Özbekistonliklarda esa jahon brendlariga qiziqiş bor edi. Öylaymanki, şu sababli uzoq vaqt davomida Toshkent mineral suvi faqat sanatoriydagi quduqlardan odamlarga yetib borgan. Bugun vaziyat özgarmoqda. Iste’molçilar allaqaçon köplab kompaniyalar oddiy filtrlangan suvni yoki sun’iy qöşimçalar qöşilgan suvni qimmatroq sotiş uçun sotişlarini bilişadi. Yaltiragan hamma narsa oltin emas, degan tuşunça paydo böldi. Soğlom ovqatlanişga bölgan talab esa yildan yilga ortib bormoqda.








