Bunda soliq organlari Onlayn-NKT, EHF va boşqa taşqi va içki ma’lumotlar asosida QQS hisobotlarini avtomatik tarzda şakllantiradi.
Uşbu tartib Soliq kodeksiga tegişli özgartirişlar kiritilgandan söng amaliyotga joriy etiladi.
Amaldagi qonunçilikka köra, farmatsevtika mahsulotlarini sotuvçi yoki tibbiy xizmatlar körsatuvçi yuridik şaxslar uçun soliq tölaş tartibi quyidagiça:
daromadi 1 mlrd sömdan oşmaydiganlar – aylanmadan olinadigan soliq tölaydi;
daromadi 1 mlrd sömdan köp bölganlar – QQS va foyda soliği tölaşga ötadi.
QQS 12 foizni, foyda soliği stavkasi 15 foizni taşkil etadi. Ijtimoiy soha faoliyatini amalga oşiruvçi soliq tölovçilar uçun foyda soliği stavkasi 0 foiz belgilangan. Aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 4 foizni taşkil etadi.
Ulgurji va çakana dori vositalarini sotiş bilan şuğullanuvçi dorixonalar uçun soliq stavkalari quyidagiça belgilangan:
aholi soni 100 ming nafar va undan köp bölgan şaharlarda – 3 foiz;
boşqa aholi punktlarida – 2 foiz;
boriş qiyin bölgan va toğli tumanlarda – 1 foiz.
Şuningdek, soliq tölovçilar qat’iy belgilangan summada aylanmadan olinadigan soliqni tölaşga haqli.












