Kambağal oilalarga 22,5 mln söm grant, ijtimoiy kartaga “köçayotgan” qoğozbozlik va yetim bolalarga ğamxörlik – 1 apreldan nimalar özgaradi?
|19:47 / 27.03.202522 96717 min
Kun.uz sayti öz an’anasiga muvofiq, 2025 yil 1 apreldan boşlab Özbekiston qonunçiligida röy beradigan ayrim özgarişlarni eslatib ötadi.
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
Kambağal oilalar qöllab-quvvatlanadi
Prezidentning tegişli farmoni bilan 2025 yil 1 apreldan Kambağal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar uçun “Ijtimoiy daftarlar” jamğarmalari orqali qöllab-quvvatlaşning yangi instrumentlarini joriy etiş közda tutilgan.
Unga köra, uşbu toifadagi oilalar uçun “Ijtimoiy daftarlar” jamğarmalari orqali qöllab-quvvatlaşning quyidagi yangi instrumentlari joriy etiladi:
kamida 3 nafar xotin-qizlar, yoşlar va aholining boşqa ehtiyojmand toifalari bandligi hamda ijtimoiy faolligini ta’minlaşga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni moliyalaştiriş uçun tegişinça “Ayollar daftari”, “Yoşlar daftari” va “Saxovat va kömak” jamğarmalari hisobidan BHMning 60 baravarigaça grantlar ajratiş;
“Yoşlar daftari” jamğarmasi hisobidan:
nogironligi bölgan yoşlarga parasport tögaraklariga qatnaşişi uçun yöl haqi xarajatlarini har oyda BHMning 1 baravarigaça miqdorda qoplab beriş;
6 oy davomida muntazam ravişda sport va san’at tögaraklariga qatnaşayotgan yoşlar uçun qiymati BHMning 10 baravaridan oşmaydigan maxsus sport forma, inventar, musiqa va çolğu asboblarini xarid qiliş;
yonğin, suv toşqini, zilzila va boşqa texnogen hodisalar oqibatida zarar körgan oilalarga uy-joylarini tiklaş va ta’mirlaş xarajatlarini qoplaş uçun “Saxovat va kömak” jamğarmasi orqali BHMning 150 baravarigaça bölgan miqdorda yordam körsatiş.
2025 yil 1 apreldan boşlab «Ijtimoiy daftarlar» jamğarmalari orqali körsatiladigan ijtimoiy yordamlar Kambağal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga, uy-joy şaroitlarini yaxşilaş va soğliqni saqlaş böyiça ijtimoiy yordamlar esa — oylik daromadi oila a’zolarining har biriga minimal iste’mol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan köp bölmagan oilalarga ham taqdim etiladi. Bunda madaniy-ma’rifiy, ta’lim, sport va turizm tadbirlarini taşkil etiş va ötkazişga «Ayollar daftari» va «Yoşlar daftari» jamğarmalari tuşumlarining 25 foizidan köp bölmagan qismini yönaltirişga ruxsat beriladi.
Şuningdek, 2025 yil 1 apreldan boşlab «Ayollar daftari» va «Yoşlar daftari» jamğarmalari orqali tadbirkorlik faoliyatini boşlaş va özini özi band qilişga zarur bölgan asbob-uskunalar, mehnat qurollari, uruğlik va köçatlar xarid qiliş uçun tölanadigan ssuda va subsidiyalar Kambağallikni qisqartiriş davlat maqsadli jamğarmasi mablağlari hisobidan ajratiladi.
2025 yil 1 apreldan boşlab «Yoşlar daftari» jamğarmalari orqali, 2025 yil 1 sentabrdan boşlab esa «Ayollar daftari» jamğarmalari orqali tölanadigan bir martalik moddiy yordamlar örniga davlat budjeti mablağlari hisobidan kam ta’minlangan oilalar uçun nazarda tutilgan nafaqalar tölanadi. Bunda tegişli nafaqalarni tayinlaş va tölaş uçun 6 oy muddat davomida Kambağal oilalar reyestridagi oilalar a’zolarining bandligi ta’minlangani holati inobatga olinmaydi.
Mavzuga oid
Ijtimoiy transport xizmati yölga qöyiladi
Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmati loyihasi 2025 yil 1 apreldan Toşkent, Andijon va Samarqand şaharlarida pilot loyiha sifatida, 2025 yilning yakuniga qadar esa respublikaning boşqa hududlarida bosqiçma-bosqiç joriy etiladi.
Loyiha doirasida ixtisoslaştirilgan maktab, maktab-internatlari, şu jumladan, uşbu muassasalardagi «ğamxörlik» guruhlarida, umumta’lim maktablarining inklyuziv sinflarida hamda reabilitatsiya markaziga ega davlat köp tarmoqli ixtisoslaştirilgan maktabgaça ta’lim taşkilotlarida ta’lim oluvçi köriş va harakatlaniş bilan boğliq kasalliklarga çalingan bolalarga transport xizmatlari körsatiladi.
Ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatidan foydalanganlik uçun umumiy miqdori har bir öquvçiga bir oyda BHMning 1,2 baravaridan oşmaydigan miqdorda, Ijtimoiy himoya yagona reyestri yoki Kambağal oilalar reyestriga kiritilgan oilalardagi öquvçilar uçun har bir qatnov tölovining 100 foizini, Ijtimoiy himoya yagona reyestri yoki Kambağal oilalar reyestriga kiritilmagan oilalardagi öquvçilar uçun har bir qatnov tölovining 60 foizini subsidiya şaklida qoplaş nazarda tutilgan.
Subsidiya şaklidagi tölovlar Ijtimoiy himoya milliy agentligining Ijtimoiy himoya davlat jamğarmasi mablağlari hisobidan amalga oşiriladi.
Loyiha doirasida ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmati yönalişsiz taksida yölovçi taşuvçilarga mijozlarni izlaş böyiça interaktiv xizmatlarni körsatuvçi agregatorlar tomonidan körsatiladi. Xizmat faqat Agentlik tomonidan «Yagona milliy ijtimoiy himoya» axborot tizimida elektron şaklda yuritiladigan Transport xizmatini körsatuvçi tadbirkorlik sub’yektlari reyestriga kiritilgan tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan körsatilişi közda tutilgan.
Ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatidan foydalaniş böyiça buyurtmalar Transport xizmatini körsatuvçi tadbirkorlik sub’yektlari reyestriga kiritilgan tadbirkorlik sub’yektlarining mobil ilovalari orqali beriladi. Şuningdek, xizmatning öz vaqtida va sifatli körsatilişi agentlik huzuridagi «Axborot texnologiyalari markazi» davlat muassasasining Call-markazi tomonidan uşbu xizmatdan foydalanuvçi şaxslar örtasida sörovnoma ötkaziş orqali monitoring qilinadi.
Ayrim xöjalik yurituvçi sub’yektlarning eksklyuziv huquqlari bekor qilinadi
2025 yil 1 apreldan qator sub’yektlarning faoliyat yönalişlari böyiça eksklyuziv huquqlari bekor qilinadi. Bu “Iqtisodiyotda raqobatni rivojlantiriş va xususiy sektorning rolini yanada oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident farmonida qayd etilgan.
Farmonga köra, mulkçilik şaklidan qat’i nazar bir yoki bir neçta xöjalik yurituvçi sub’yektlar va davlat taşkilotlariga muayyan tovarlarni işlab çiqariş (xizmatlar körsatiş, işlarni bajariş) yoki sotiş yoxud sotib oliş, şuningdek, yagona operatorlik xizmatlarini körsatiş uçun quyidagilar asosida taqdim etilgan mutlaq huquq eksklyuziv huquq sifatida e’tirof etiladi:
qonunçilik hujjatlari bilan istisno tariqasida berilgan ruxsat (huquq);
umumiy tartibdan taşqari ravişda berilgan yakka tartibdagi litsenziya (ruxsatnoma).
Bunda tanlov (tender) asosida taqdim etilgan litsenziyalar (ruxsatnomalar) eksklyuziv huquq sifatida e’tirof etilmaydi.
2025 yil 1 apreldan eksklyuziv huquq xöjalik yurituvçi sub’yektlarga qonunlar va prezident farmon va qarorlari bilan 3 yildan ortiq bölmagan muddatga faqat quyidagi maqsadlar uçun beriladi:
konstitutsiyaviy tuzumni, aholining soğliğini, Özbekiston mudofaa qobiliyatini, davlat va jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta’minlaş;
tabiiy ofatlar, halokatlar va epidemiyalarning oldini oliş hamda ularni bartaraf etiş.
2025 yil 1 apreldan quyidagi xöjalik yurituvçi sub’yektlarning faoliyat yönalişlari böyiça eksklyuziv huquqlari bekor qilinadi:
“Özbekekspertiza” AJ va uning hududiy bölinmalarining xorijiy investitsiyalar iştirokidagi korxonalar tomonidan öz işlab çiqariş ehtiyojlari uçun olib kelinayotgan mol-mulkka sertifikat beriş böyiça;
“ÖzInjiniring” loyiha institutining investitsiya loyihalarining loyihaoldi va loyiha hujjatlarini işlab çiqiş böyiça;
“Milliy PR-markazi” DUKning Özbekiston turizm salohiyatini tarğib qilişga yönaltirilgan xorijiy kompaniyalarning prodyuserlik va reklama xizmatlarini, xorijiy teleradiokompaniyalar va boşqa ommaviy axborot vositalarining reklamalari, reportajlari va boşqa roliklarini tayyorlaş va translatsiya qiliş böyiça;
Sag agro MTP MÇJning yonğoq işlab çiqaruvçilarga agrotexnik tadbirlarni amalga oşiriş böyiça mexanizatsiya xizmatlarini körsatiş böyiça;
“Özbekiston standartlar instituti” davlat muassasasining milliy standartlarni şartnoma asosida boşqa tillarga tarjima qiliş böyiça.
Mahallalarda oila şaklidagi bolalar uylari taşkil etiladi
2025 yil 1 apreldan boşlab ijtimoiy yetimlikning oldini oliş, yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarga individual yondaşuv asosida oilaga yaqin muhitda ğamxörlik körsatiş hamda tarbiyalaş xizmatini körsatiş maqsadida mahallalarda oila şaklidagi kiçik hajmli bolalar uylari taşkil etiladi. Bu prezidentning 2024 yil 14 noyabrda qabul qilingan “Bolalarni ijtimoiy himoya qiliş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonida körsatib ötilgan.
Farmon bilan 2025 yil 1 apreldan boşlab ijtimoiy yetimlikning oldini oliş, yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarga uzoq yoki qisqa muddatli ğamxörlik körsatiş hamda tarbiyalaş xizmatini körsatiş jarayoniga nodavlat sektorni jalb etişning quyidagi tartibi joriy etilişi belgilangan:
nodavlat taşkilotlar tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarga uzoq yoki qisqa muddatli ğamxörlik körsatiş hamda tarbiyalaş xizmatini körsatiş qonunçilikka muvofiq agentlik bilan tuziladigan davlat ijtimoiy buyurtmasi, autsorsing yoki boşqa turdagi şartnomalar asosida amalga oşiriladi;
nodavlat taşkilotlar tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarga uzoq yoki qisqa muddatli ğamxörlik körsatiş hamda tarbiyalaş xizmatini körsatiş uçun joylaştiriladigan bolalar soni agentlik tomonidan belgilanadi;
nodavlat taşkilotlar tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarga uzoq yoki qisqa muddatli ğamxörlik qiliş hamda tarbiyalaş xizmatining körsatilişi «Inson» markazlari tomonidan monitoring qilinadi;
agentlikka yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarga uzoq yoki qisqa muddatli ğamxörlik körsatiş hamda tarbiyalaş xizmatini körsatiş böyiça davlat ijtimoiy buyurtmasi, autsorsing va boşqa turdagi şartnomalar böyiça xarajatlarni Ijtimoiy himoya davlat jamğarmasi mablağlari hisobidan moliyalaştirişga ruxsat beriladi.
Yaşil energiya uçun “Yaşil tarif”
2025 yil 30 yanvar kuni prezidentning «Özbekiston — 2030» strategiyasini «Atrof-muhitni asraş va «yaşil iqtisodiyot» yilida amalga oşirişga oid davlat dasturi töğrisida»gi farmoni qabul qilingandi.
Hujjatda aholi va tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan keng foydalanişni rağbatlantiriş maqsadida 2025 yil 1 apreldan boşlab çiqindilar utilizatsiyasi hisobiga hamda şamol va quyoş manbalaridan işlab çiqarilgan elektr energiyasi uçun «yaşil tarif»lar joriy etilişi belgilangan.
Bunda tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan çiqindi va biogaz utilizatsiyasi orqali işlab çiqariladigan hamda taşkilotlarning öz hududlarida örnatgan şamol va quyoş elektr qurilmalaridan işlab çiqariladigan elektr energiyasi uçun, şuningdek, aholining quyoşdan olingan va foydalanişda öz ehtiyojidan orttirib, davlatga sotadigan elektr energiyasi uçun imtiyozli tariflar belgilanişi qayd etilgan.
Dori vositalariga referent narx şakllantiriladi
2025 yil 1 apreldan boşlab retsept bilan beriladigan mahalliy va xorijiy dori vositalariga nisbatan referent narx şakllantiriş tizimi joriy etiladi. Bu davlat rahbarining tegişli qarorida belgilab qöyilgan.
Unda quyidagilar közda tutiladi:
aholi jon boşiga nisbatan daromadlar darajasi yuqori, örtaçadan yuqoriroq va örtaçadan pastroq bölgan davlatlar guruhiga kiruvçi kamida 10 ta referent mamlakatlarni tanlaş;
dori şakli, qadoqdagi soni, dozasi, konsentratsiyasi, hajmi va qadoqlanişini hisobga olgan holda ayni bir işlab çiqaruvçining xuddi şunday faol moddaga ega dori vositasining işlab çiqaruvçi mamlakatda, referent mamlakatlarda va Özbekiston Respublikasida sotiş narxlarini röyxatdan ötiş guvohnomasi egasi yoki uning işonçli vakili tomonidan röyxatdan ötkazuvçi organga taqdim etilişi;
dori şakli, qadoqdagi soni, dozasi, konsentratsiyasi, hajmi va qadoqlanişini hisobga olgan holda dori vositasining har bir savdo nomi uçun belgilangan eng yuqori narxini qayd etiş. Bunda dori vositasini uşbu qiymatdan yuqori narxlarda Özbekiston Respublikasiga yetkazib beriş (import dori vositalari uçun) va mahalliy işlab çiqaruvçilar tomonidan sotilişi (mahalliy dori vositalari uçun) mumkin emas;
tibbiyot amaliyotida qöllanişiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestriga kiritilgan dori vositalarining referent narxlarini Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi tomonidan ariza beruvçining tegişli ariza taqdim etişidan qat’i nazar qayd etiş.
Boşqa özgarişlar
2025 yil 1 apreldan boşlab:
Toşkent şahrida, tajriba tariqasida köp kvartirali uy-joylarni qurişni loyihalaştirişga ruxsatnoma beriş hamda arxitektura rejalaştiriş topşiriğini işlab çiqiş jarayonlari birlaştiriladi hamda buning hisobiga uşbu işlar uçun talab etiladigan vaqt 2 baravarga qisqartiriladi;
yuridik va jismoniy şaxslarni Yagona yetkazib beruvçilar reyestriga kiritiş uçun arizalar Davlat xizmatlari markazi yoki Özbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi;
har oyda 1 ta hududda «investor kun»lari taşkil etiladi hamda hududdagi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik dasturlari yölga qöyiladi;
ozodlikdan mahrum etiş jazosini ötab bölgan fuqarolarning tadbirkorlik, me’morçilik, hunarmandçilik kabi yönalişlardagi loyihalari uçun mahalliy budjetdan beriladigan «dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi»ni Kambağallikni qisqartiriş davlat maqsadli jamğarmasi mablağlari hisobidan moliyalaştiriş tartibi joriy etiladi;
2028 yil 1 yanvarga qadar çorvaçilik va parrandaçilik xöjaliklari tomonidan davlat budjetiga tölangan qöşilgan qiymat soliğining 50 foizini har oyning 25 sanasiga qadar qaytariş tartibi joriy etiladi. Uşbu tartib işlab çiqarilgan göşt, sut, parranda göşti hamda tuxumni realizatsiya qilişdan tuşgan umumiy tuşum jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilişdan olgan daromadining kamida 90 foizini taşkil qiladigan çorvaçilik va parrandaçilik xöjaliklariga nisbatan tatbiq etiladi;
2028 yil 1 yanvarga qadar yangi taşkil etiladigan qişloq xöjaligi va dorivor ösimliklarni yetiştiriş va qayta işlaş kooperativlari uçun ijtimoiy soliq hamda ularga işga qabul qilingan jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği stavkalari 1 foiz etib belgilanadi;
paxta xomaşyosi va undan tayyorlangan barça turdagi mahsulotlar böyiça elektron hisobvaraq-faktura rasmiylaştirilganda bir vaqtning özida tovar-transport yuk xatini ham rasmiylaştiriş talab etiladi;
daromadidan qat’i nazar, farmatsevtika mahsulotlari savdosi bilan şuğullanuvçi yoki tibbiy xizmat körsatuvçi yuridik şaxslar qöşilgan qiymat soliğini tölovçilar deb e’tirof etiladi;
ijtimoiy karta transport kartasi, şu jumladan, jamoat transporti uçun qonunçilik hujjatlarida belgilangan şahar yönalişlari böyiça tarif rejalaridan foydalangan holda imtiyozli transport kartasi vazifasini bajaradi. Bu ijtimoiy kartaning transport kartasi hamda imtiyozli transport kartasi vazifalari «Avtomatlaştirilgan tölov tizimi operatori» MÇJ bilan integratsiya qiliş orqali amalga oşiriladi;
«Turon» maktab teatrining ijobiy tajribasi asosida maktablarda «Iqtidor» badiiy havaskorlik jamoalari taşkil etilib, jamoalar örtasida «Iqtidor maktab ansambli» respublika tanlovi ötkaziladi;
oliy ta’lim muassasalarining axborot texnologiyalari sohasidagi fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega bölgan xorijlik professor-öqituvçilari, şuningdek, IT-park rezidenti maqomini olgan yuridik şaxsning yakkaboşçilik asosidagi ijro etuvçi organi vazifasini amalga oşiruvçi jismoniy şaxs yoki kollegial ijro etuvçi organining raisi hamda ularning örinbosarlariga ham «IT-visa» beriladi;
Samarqand va Toşkent şaharlarida eksperiment tariqasida autsorsing asosida Kambağal oilalar reyestriga kiritilgan boquvçisini yöqotgan töliq bölmagan oilalar, mehnatga layoqatli a’zosi bölmagan oilalar, ikki va undan ortiq nogiron a’zolari mavjud oilalardagi özgalar parvarişiga muhtoj şaxslarga kunduzgi qatnov asosida qarab turiş xizmati körsatiladi;
fuqarolarni TIEK körigiga yöllaş uçun lozim bölgan amaldagi davolaniş muddatlari böyiça talab bekor qilinadi hamda har bir kasallikning keçişi va turidan kelib çiqib alohida belgilanadi;
dori vositalari va tibbiy buyumlar xaridlari Soğliqni saqlaş vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq lotlarga bölgan holda amalga oşiriladi;
bosqiçma-bosqiç nogironlik töğrisidagi ma’lumotnoma va guvohnomalar, talabalik guvohnomalari, öquvçilar guvohnomalari, uruş qatnaşçilari yoki ularga tenglaştirilgan şaxslar guvohnomalarining qoğoz şakli ijtimoiy kartaga almaştiriş orqali bekor qilinadi.