U Rossiyani agressiyadan tiyilişga çaqirdi va «agar kimdir xatoga yöl qöyib, Polşaga yoki ittifoqdoşlarimizdan biriga qilingan hujum jazosiz qolişiga işonsa, u NATOning butun salohiyatiga duç keladi. Javobimiz halokatli böladi. Bu Vladimir Putinga va bizga hujum qilişga jur’at qiladigan barça uçun aniq-tiniq bölişi kerak», — deya Ryuttening Varşavada Polşa boş vaziri Donald Tusk bilan ötkazilgan qöşma matbuot anjumanidan iqtibos keltirmoqda Associated Press.

NATO boş kotibi şuningdek, AQŞning NATO Ustavining 5-moddasida belgilangan jamoaviy xavfsizlik kafolatlariga sodiqligidan mutlaqo işonçda ekanini bildirdi. «Ijozat bersangiz, aniğini aytay: hozir Yevropa yoki Şimoliy Amerika uçun alohida harakat qiliş vaqti emas. Zamonaviy global xavfsizlik tahdidlari şunçalik jiddiyki, ularni ayri holda yeçib bölmaydi», — deya ta’kidladi u.

Ryuttening ta’kidlaşiça, iyun oyida Niderlandiyada bölib ötadigan NATO sammiti transatlantik ittifoq tarixida yangi bosqiçni boşlab beradi. Uning sözlariga köra, alyans tahdidlarga qarşi samarali kuraş olib boriş uçun «köproq kuçli, adolatli va ajalvor» bölişi kerak. Ryutte sammitda mudofaa xarajatlari böyiça yangi, yanada ambitsiyali maqsadlar belgilaş rejalaştirilayotganini bildirdi. Ayni paytda NATOga a’zo 23 davlat harbiy budjetlariga yalpi içki mahsulotning kamida 2 foizini ajratiş böyiça standartga amal qilmoqda. Ammo Ryuttega köra, yangi maqsad «ança yuqori bölib, 3 foizdan yuqori bölişi» mumkin.

Fevral oyida Daniya harbiy razvedkasi Yevropa kelgusi beş yil içida «keng kölamli uruş»ga duç kelişi mumkinligini ma’lum qilgan edi. Idoraning baholaşiça, agar Rossiya NATOni harbiy yoki siyosiy jihatdan zaif deb hisoblasa, alyans davlatlariga qarşi kuç işlatişga qaror qilişi mumkin.

Bundan avvalroq, yanvar oyida Yevropa Ittifoqining diplomatik idorasi rahbari Kaya Kallas ham şunday ogohlantiriş bilan çiqqan. Unga köra, Rossiya 2028 yilga kelib YeI a’zosi bölgan mamlakatlardan biriga hujum qilişi mumkin. Kallas bu ehtimolni hisobga olgan holda nafaqat mudofaa sohasiga sarmoya kiritiş, balki xavf-xatarga tayyor turiş lozimligini urğulagan. U Yevropa razvedka xizmatlarining ma’lumotlariga tayanadi, unga köra Kreml yaqin 3–5 yil içida YeIning mudofaaga tayyorligini «sinab körişi» mumkin.

Mart oyi boşida Germaniya Federal razvedka xizmati (BND) rahbari Bruno Kahl ham şunga öxşaş fikr bildirgan edi. U Rossiyaning Yevropa davlatlariga hujum qiliş rejalari nazariy ssenariyligiça qolaverişidan umid qilayotgani, ammo bunday ssenariyni töliq istisno qilib bölmasligini aytgan edi.