Qozoğiston milliy jamoasi boş murabbiyi Ali Aliyev Lixtenşteynga qarşi öyindan söng (2:0) ötkazilgan matbuot anjumanida Özbekiston milliy jamoasining ilk bor jahon çempionatiga yaqin ekanligi haqida fikrini bildirdi.

— Lixtenşteynga qarşi öyinning birinçi bölimida Qozoğiston biror marta ham darvoza tomon zarba bera olmadi, bu paytda esa qöşnilarimiz — Özbekiston va Qirğiziston jiddiy natijalar körsatmoqda. Qirğiziston Qatarni mağlub etdi, Özbekiston esa jahon çempionatiga çiqişga yaqin...

— Ğalaba muhimligini tuşunaman. Biroq çindan ham dastlabki qirq daqiqada biror marta ham darvoza tomon zarba bera olmadik — bu fakt. Ha, biz özimizni qöşnilar bilan soliştiramiz: Qirğiziston Qatarni mağlub etdi, Özbekiston esa Jahon çempionati final bosqiçiga çiqiş arafasida. Qirğiziston ham, Özbekiston ham uç markaziy himoyaçi bilan öynab, öz imkoniyatlarini qidirdi.

Agar biz ham Osiyo mintaqasida bölsak, Jahon çempionatiga aniq yöllanma olamiz. Ammo Osiyo futboli darajasini ortiqça baholaş kerak emas. Uels va Şimoliy Makedoniyaning öyiniga qarang.

Bugun biz ikki gol urdik va yoşlarga özini körsatiş imkoniyatini berdik. Mağlubiyatlar seriyasidan söng ğalaba — bu albatta oldinga siljişdir.

Biz Kenjyebekni maydonga tuşirdik, Satpayev va Jagorovga ham imkoniyat berdik. Bir neça yil avval ular qayerda öynaganini eslaş kerak. Bu masalada biroz sabrli böliş zarur. Öyinda biz töliq töpga egalik qildik. Masalan, Lixtenşteyn Şimoliy Makedoniyaga qarşi mutlaqo boşqaça öyin körsatgandi.

Futbol böyiça Qozoğiston milliy jamoasi boş murabbiyi Ali Aliyev taktika böyiça ayrim mas’uliyatlarni öz zimmamga olişini, lekin maydonda asosiy rol ijroçilarda ekanini ta’kidladi. Şuningdek, u milliy jamoa yangilanayotgani, köproq yoşlar bilan iş olib borilayotgani, bu esa vaqt talab qilişini ta’kidlagan.

«Natija, şubhasiz, muhim. Biz bu haqda keça jamoa bilan gaplaşdik. Bugun uç oçko bor va biz bu natija bilan keyingi öyingaça faxrlanişimiz mumkin. Şimoliy Makedoniyaga qarşi navbatdagi öyin jamoa uçun yangi sinov böladi», — deya Qozoğiston milliy jamoasi boş murabbiyi Ali Aliyevning sözlarini keltirgan Spors.kz sayti.

Qozoğiston milliy jamoasi UEFA saralaş «J» guruhidan örin olgan. Guruhda qozoqlar Şimoliy Makedoniya, Uels, Belgiya va Lixtenşteyn bilan JÇ-2026 yöllanmasi uçun kuraş olib boradi. 22 mart kuni bölib ötgan birinçi turda Qozoğiston mehmonda Uelsga 1:3 hisobida mağlub böldi. Ikkinçi turda yaqqol autsayder Lixtenşteyn ustidan 2:0 hisobida ğalaba qozondi. Keyingi turlarda Qozoğiston Şimoliy Makedoniya va Uelsni öz uyida qabul qiladi.