«Sanksiyalar rejimining kelajagi Rossiya rahbariyati qölida. Ayni ana şu ularning keyingi qadamlari çeklovlar kuçaytiriladimi yoki, aksinça, yengillaştiriladimi — şunga aniqlik kiritadi», — dedi Bessant. Şu bilan birga, vazirning ta’kidlaşiça, AQŞ prezidenti Donald Tramp «sanksiyalarni muzokaralarda ustunlikka erişiş uçun heç ikkilanmasdan kuçaytirişga tayyor».
Moskva tomonidan Qora dengizdagi öt oçişni töxtatiş böyiça ilgari surilgan şartlar Vaşington uçun qabul qilişga imkonlimi, degan savolga javob berar ekan, AQŞ moliya vaziri bu talablar hozirda körib çiqilayotganini ta’kidladi. «Biz barça ehtimoliy variantlarni muhokama qilmoqdamiz», — dedi u.
Oq uy 25 mart kuni Rossiya va Ukraina bilan erişilgan kelişuv haqida ma’lum qildi. Unga köra, tomonlar Qora dengiz havzasidagi harbiy harakatlarni töxtatişga rozi bölişgan. AQŞ ma’muriyati ma’lum qilişiça, kelişuvga köra xavfsiz kemaçilikni ta’minlaş va hududda kuç işlatişdan voz keçiş nazarda tutilgan. Bunga javoban Vaşington Rossiyaning qişloq xöjaligi mahsulotlarini jahon bozoriga eksport qilişini tiklaşga kömaklaşişga tayyorligini bildirgan.
Odan vaqt ötgaç, Kreml mazkur kelişuv böyiça öz talqinini e’lon qildi. E’lon qilingan bayonotda Rossiya tomoni harbiy harakatlarni töxtatiş bir qator şartlar bajarilgan taqdirdagina mumkinligini ta’kidladi. Bu şartlar qatorida «Rosselxozbank» va taşqi savdo operatsiyalarini amalga oşirayotgan boşqa kredit taşkilotlaridan sanksiyalarni bekor qiliş, uşbu banklarning SWIFT tizimi va valuta korrespondentlik hisoblariga qayta ulanişini ta’minlaş kabi talablar bor.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kremlning bayonotiga qattiq munosabat bildirib, uni «manipulyatsiya va aldaş» deb atadi. «Biz Rossiya kelişuvlarni qanday qilib inkor etib, faqat bizning vositaçilarni emas, butun dunyoni ham çalğitişga urinyotganini köryapmiz. Qora dengizdagi tinçlik şartlari Oq uy bayonotida aniq bayon qilingan — ular bilan har kim tanişişi mumkin. Ammo Moskva yana real voqelikni aylantirişga harakat qilmoqda, öt oçişni töxtatiş göyoki sanksiyalarni bekor qilişga boğliq, deb körsatmoqda», — dedi Zelenskiy.
26 mart kuni Yevropa Ittifoqi Qora dengiz böyiça muhokama qilinayotgan kelişuv doirasida Rossiya tomonidan ilgari surilgan sanksiyalarni yengillaştiriş talablarini rad etdi. Yevropa komissiyasi vakili Anitta Hipperning ta’kidlaşiça, Rossiya tomonining talablariga qaramasdan, Yevropa Ittifoqi «Rosselxozbank»ga nisbatan joriy qilingan çeklovlarni bekor qiliş imkoniyatini körib çiqmayapti.
«Sanksiyalar rejimida har qanday yengillik faqat Rossiyaning asossiz va nohaq tajovuzini töliq töxtatişi va barça harbiy kuçlarini Ukraina hududidan töliq çiqarişi şarti bilan amalga oşirilişi mumkin», — dedi Hipper.









