Tayvan harbiy-dengiz kuçlari kemasi Xitoy baliqçi kemasi bilan töqnaşdi, deb xabar bermoqda orol harbiy-dengiz kuçlari matbuot xizmati.
Qayd etilişiça, hodisa natijasida heç kim jabrlanmagan, olingan zarar esa kemalar harakati xavfsizligiga heç qanday ta’sir körsatmagan.
«Çjunxe» harbiy kemasi 27 mart kuni topşiriqni bajarayotib, Xitoyning «Minlyanyuy 61756» baliq ovlaş kemasi bilan Tayçjun şahri portidan taxminan 45 dengiz milyasi (83,3 km) uzoqlikda töqnaşib ketdi», — deyiladi Tayvan harbiy-dengiz kuçlari bayonotida.
Avvalroq orol harbiy-dengiz kuçlari Tayvanga bir neça kema va 30 ta Xitoy armiyasi samolyoti yaqinlaşgani haqida xabar bergan edi.
Idoraning ta’kidlaşiça, 23 ta samolyot orol va Xitoyni ajratib turuvçi Tayvan böğozi orqali örta çiziqni kesib ötib, havo mudofaa zonasiga kirgan. Naşrda qayd etilişiça, orol davlati harbiylari «şunga mos tarzda reaksiya bildirgan».









