TikTok servisiga egalik qiluvçi ByteDance kompaniyasining asosçisi 41 yoşli Çjan Imin Xitoyning eng boy odamlari reytingida birinçi örinni egalladi. Bloomberg milliarderlar indeksi biznesmenning boyligini 57,5 milliard dollarga baholagan.
Reytingda ikkinçi poğona 56,6 milliard dollar bilan Tencent telekommunikatsiya kompaniyasi asosçisi Ma Xuatenga nasib etgan. Tencent Xitoydagi eng maşhur messenjer — 1,3 milliard kişi foydalanadigan WeChat’ga egalik qiladi.
Kuçli uçlikdan, şuningdek, Nongfu brendi ostida içimlik suv işlab çiqaradigan kompaniya egasi 70 yoşli Çjun Şanşan örin oldi. Uning boyligi 54,1 milliard dollarga baholangan.
Osiyodagi eng badavlat inson Mukeş Ambanining moliyaviy aktivlari biznesdagi muammolari sabab 90,9 milliard dollargaça qisqargan. 2024 yilda uning boyligi 120 milliard dollardan oşgandi. Hozir u 17-örinni egallamoqda.
Sayyoraning eng boy insonlari reytingiga Ilon Mask boşçilik qilmoqda (336 milliard dollar). Eslatib ötamiz, ötgan yilning dekabrida The Guardian amerikalik tadbirkor Ilon Mask 2027 yilga borib dunyodagi birinçi dollardagi trillionerga aylanişi mumkinligi haqida yozgandi.









