Savdo uruşidagi yangi operatsiya: Tramp avtomobil importiga 25 foizlik boj joriy etmoqda
|17:32 / 27.03.202510 3299 min
Köplab tahlilçilar bu qadam AQŞda avtomobil işlab çiqariş sanoatining bir qismi töxtaşi, narxlar oşişi va Qöşma Ştatlarning ittifoqçilari bilan munosabatlar yomonlaşişiga olib kelişi mumkinligini aytmoqda. General Motors va Ford aksiyalari qiymati tuşib ketdi.
Foto: ReutersFoto: Reuters
AQŞ prezidenti Donald Tramp çorşanba kuni butun dunyo bilan savdo uruşida navbatdagi qadamni qöydi: u barça avtomobillar va butlovçi qismlar importiga 25 foizlik bojlar joriy etişini e’lon qildi.
Trampning sözlariga köra, u imzolagan farmonga köra, avtomobillar uçun yangi bojlar kelasi çorşanba, 2 apreldan kuçga kiradi, ularni undiriş esa ertasi kundan boşlanadi. U butlovçi qismlarga bojlarni may oyidan yoki keyinroq joriy etişga va’da bermoqda.
Trampning ta’kidlaşiça, bojlar joriy etilişi Amerika avtomobil sanoatida «ulkan ösiş»ga olib keladi, unga sarmoya kiritişni rağbatlantiradi va yangi iş örinlarini yaratişga yordam beradi. Tramp ma’muriyati ular AQŞga yiliga 100 milliard dollar daromad keltirişini kutmoqda.
Biroq, köplab tahlilçilar bu qadam AQŞda avtomobil işlab çiqariş sanoatining bir qismi töxtaşi, narxlar oşişi va Qöşma Ştatlarning ittifoqçilari bilan munosabatlar yomonlaşişiga olib kelişi mumkinligini aytmoqda.
AQŞdan taşqaridagi avtomobil işlab çiqaruvçilari, jumladan Toyota Motor Corp. va BMW AG kompaniyalari uçun lobbistlik qiluvçi Autos Drive America taşkiloti yangi tariflar teskari natija berişi haqida ogohlantirdi. «Bugun joriy etilgan tariflar AQŞda avtomobil işlab çiqariş va sotişni qimmatlaştiradi, bu esa oxir-oqibatda narxlar oşişiga, iste’molçilar uçun imkoniyatlar qisqarişiga va Amerikada iş örinlari kamayişiga olib keladi», – dedi taşkilot prezidenti Jyennifer Safavian.
Ötgan yili AQŞ 240 milliard dollarlik sakkiz million dona maşina import qildi, bu mamlakatda sotilgan barça maşinalarning taxminan yarmini taşkil qiladi.
AQŞda avtomobillarning asosiy yetkazib beruvçisi Meksika, undan keyingi örinlarda Janubiy Koreya, Yaponiya, Kanada va Germaniya turadi.
Yaponiya kompaniyalari, şu jumladan Toyota, AQŞdagi asosiy avtomobil yetkazib beruvçilardan biri va ayni paytda Qöşma Ştatlarning özidagi yirik işlab çiqaruvçilardir.
Amerikaning köplab avtomobil kompaniyalari esa Qöşma Ştatlar, Kanada va Meksika tomonidan allaqaçon taşkil etilgan erkin savdo zonasining afzalliklaridan foydalanib, işlab çiqarişni uşbu ikki qöşni mamlakatda joylaştirmoqda.
AQŞning özida avtomobillar köpinça import qilingan butlovçi qismlardan yiğiladi va ular ham, Trampning rejalariga köra, bojlarga duçor böladi.
Mavzuga oid
Töğri, Oq uyning tuşuntirişiça, Meksika va Kanadadan kelgan butlovçi qismlar uçun vaqtinçalik istisno qilinadi – AQŞ bojxonaçilari va çegaraçilari nazorat va boj yiğiş tizimini yölga qöymagunça.
AQŞning Kanada va Meksika bilan çegaralaridan har kuni bir neça milliard dollarlik yuklar olib ötiladi.
Amerikaning General Motors avtomobil kompaniyasi aksiyalari çorşanba kuni, Trampning bayonotidan keyin taxminan 3 foizga tuşib ketdi. Boşqa kompaniyalar, jumladan, Ford aksiyalari ham arzonlaşdi.
Payşanba kuni ertalab Tokioda savdolar oçilişida Yaponiya avtomobil kompaniyalari – Toyota, Nissan, Honda aksiyalari ham qadrsizlangan.
Tramp reklama qilgan Ilon Maskning Tesla kompaniyasi ehtiyot qismlarni işlab çiqariş böyiça eng «amerikaça» avtomobillardan biri, ammo ekspertlar hisob-kitoblariga köra, unda import qilinadigan butlovçi qismlarning uluşi 25 foizgaça yetadi.
Jurnalistlarning öz qarorini bekor qilişi ehtimoli bor-yöqligi haqidagi savoliga Tramp bunday ehtimol yöqligiga işontirdi.
Prezident avtomobil işlab çiqaruvçi «katta uçlik» – Ford, General Motors va Stellantis vakillari bilan yangi bojlar haqida gaplaşganini aytgan.
«Agar bu yerda zavodlaringiz bölmasa, ularni qurişingiz kerak böladi, çunki aks holda boj tölanişi kerak, bu juda oddiy. Agar siz avtomobilni AQŞda işlab çiqarsangiz, unda bojlar sizga taalluqli bölmaydi», – dedi u.
Oq uy matbuot kotibi birinçi muovini Harrison Fildsning aytişiça, 25 foizlik tariflar import qilinadigan yengil avtomobillar (sedanlar, yöltanlamaslar, krossoverlar, minivenlar, furgonlar) va yengil yuk maşinalari, şuningdek, dvigatellar, transmissiyalar va elektr qismlari kabi asosiy avtomobil qismlariga taalluqlidir.
Import bojlari (ingliz tilida ular tariflar deb ataladi – «tariff») – bu hukumat yiğadigan, import qiluvçi kompaniya, ya’ni bojlarni joriy etgan mamlakatda işlaydigan kompaniya tölaydigan soliq.
Donald Tramp Amerika işlab çiqaruvçilarini himoya qiliş va Qöşma Ştatlarning özida işlab çiqarişni rağbatlantiriş maqsadida AQŞga olib kiriladigan köplab tovarlarga bojlar joriy etmoqda yoki joriy etiş bilan tahdid qilmoqda.
Biroq, mahalliy işlab çiqaruvçilarning bir qismiga yordam beriş bilan bir qatorda bojlar Amerika firmalari, jumladan, çet eldan butlovçi qismlar yetkazib berişga boğliq bölgan avtomobil işlab çiqaruvçilarining xarajatlarini oşiradi.
Anderson Economic Group tahliliga köra, faqat Meksika va Kanadadan butlovçi qismlarga 25 foizlik bojlar Amerika avtomobillari narxini modelga qarab 4 000 dan 10 000 dollargaça oşiradi.
Amerika avtomobilsozlik sanoati Tramp tomonidan alyuminiy va pölat importiga kiritilgan bojlar tufayli allaqaçon muammolarga duç kelgan, Ford va General Motors kabi yirik kompaniyalari sönggi paytlarda Trampni sohaga yangi bojlar bilan zarba bermaslikka çaqirgandi.
Amerika taşqi savdo komissiyasi hisob-kitoblariga köra, 25 foizlik bojlar importni deyarli törtdan uç qismga qisqartirişi, şu bilan birga AQŞdagi narxlar darajasini 5 foizga oşirişi mumkin.
Biroq, Tramp ma’muriyati amerikalik işçilar import qilingan qismlardan avtomobil yiğiş örniga köproq butlovçi qismlar yasaşlarini xohlaşini tuşuntirmoqda. Oq uyning fikriça, bojlar kompaniyalarni işlab çiqarişni AQŞga köçirişga majbur qiladi.
Şu kunlarda Janubiy Koreyaning Hyundai avtomobil giganti AQŞga 21 mlrd dollar sarmoya kiritişi va Luizianada yangi pölat zavodi qurişini rasman e’lon qildi.
Trampning aytişiça, Hyundai’ning bu qarori bojlar «juda kuçli işlayotgani»ni tasdiqlaydi.
United Autoworkers avtomobil sanoati kasaba uyuşmasi yetakçisi Şon Feyn Trampning qarorini oçiqçasiga ma’qullab, u «önlab yillar davomida işçilar sinfini yöq qilgan „erkin savdo“ deb nomlangan falokatning yakuniga yaqinlaşayotganini tezlaştirayotgani»ni aytdi.
Noyabrdagi saylovlarga qadar Şon Feyn Tramp haqida butunlay boşqaça fikrda edi.
«Donald Tramp – umrida heç qaçon haqiqiy işda işlamagan milliarder. U oğir iş töğrisida mutlaqo heç narsa bilmaydi, avtomobil zavodida bir kun ham işlamasdi. U işçi bölişga ham, prezident bölişga ham yaramaydi. Tramp bizni tuşunmaydi, hurmat qilmaydi va mutlaqo töğri tasavvur qilmaydi. Avtomobil sanoati işçilari bilan Trampning işi yöq», – degandi ötgan yil oktyabrida United Autoworkers raisi.
Trampning butun dunyo bilan savdo uruşidagi yangi qadamini Amerika avtomobil sanoati siyosati böyiça kengaşi rahbari Mett Blant ham ma’qulladi va Amerika avtomobil işlab çiqaruvçilari «prezident Trampning avtomobil işlab çiqariş va AQŞda iş örinlarini köpaytiriş böyiça qaraşlarini töliq qöllab-quvvatlaşi»ni aytdi.
«Kanadaga töğridan töğri hujum»
Kanada boş vaziri Mark Karni Trampning bojlarini Kanada va uning avtomobil sanoatiga «töğridan töğri hujum» deb atadi.
Kanada boş vaziri Mark Karni Trampning bojlar haqidagi qarorini Kanada va uning avtomobil sanoatiga töğridan töğri hujum deb atadi.
«Bu bizga oğriqli zarba beradi. Ammo biz bu kunlardan birgalikda ötamiz va yanada kuçliroq bölamiz», – dedi Karni.
Mart oyida Tramp Meksika va Kanadadan import qilinadigan tovarlarga 25 foizlik bojlar joriy qilgan, biroq ularni erkin savdo şartnomasi (USMCA) doirasidagi tovarlar, jumladan, avtomobillar va ehtiyot qismlar uçun bir oyga keçiktirgandi.
Yaponiya boş vaziri Sigeru Isiba uning hukumati Amerika bojlariga qanday javob berişning barça variantlarini körib çiqişini aytdi.
Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen Yevropa Ittifoqi ehtimoliy oqibatlar va javob çoralari variantlarini örganişini aytdi.
«Oldin ham aytganimdek, bojlar – bu soliq. Bu biznes uçun yomon, iste’molçilar uçun – undan ham yomonroq, AQŞda ham, Yevropa Ittifoqida ham bir xil darajada», – deya qöşimça qildi fon der Lyayyen.
Britaniya hukumati AQŞ ma’muriyati bilan savdo bitimi böyiça muzokaralar olib bormoqda va BBC ma’lumotlariga köra, bojlar kuçga kirgunga qadar bunday bitimni tuziş ulgurişga umid qilmoqda.