Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov keça taşrif bilan Toşkentga kelgan Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili, Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Kaya Kallas bilan uçraşdi.
"Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili, Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Kaya Kallas xonimni bugun Toşkentda qutlaşdan mamnunmiz", – deb yozdi 27 mart kuni Özbekiston TIV rahbari özining telegram-kanalida.
Muhokamalardan ikki tomonlama va mintaqaviy aloqalarni yanada kengaytiriş masalalari örin oldi.
Samarqandda bölib ötadigan "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" ilk sammiti xalqlar farovonligi yölida samarali aloqalarni mustahkamlaşi va yangi imkoniyatlarga yöl oçişi alohida ta’kidlandi.









