Isroil şaharlarida 27 mart, payşanba kuni sudyalarni tayinlaş jarayonida saylangan mansabdor şaxslarning vakolatlarini kengaytiruvçi ziddiyatli qonunga qarşi bölgan minglab kişilar yana köçalarga çiqdi. Bundan taşqari, namoyişçilar garovga olinganlarni ozod qiliş uçun Isroil Ğazo sektorida harbiy operatsiya ötkazayotgan Hamas harakati jangçilari bilan kelişuvga erişişni talab qildi, deb xabar beradi dpa agentligi.

Avvalroq, sud-huquq islohotining asosiy qonunlaridan birini soatlab davom etgan munozaralardan söng Knessetning 120 a’zosidan 67 nafari qöllab-quvvatlagan, bir deputat esa qarşi çiqqandi. Muxolifat ovoz berişni boykot qildi.

Qonun qabul qilinişi Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahuga 2023 yilda mamlakat tarixidagi eng yirik norozilik namoyişlaridan biriga sabab bölgan munozarali sud-huquq islohotlarini davom ettiriş imkonini beradi. 2023 yil 7 oktyabrda Hamas jangçilarining Isroilga hujumi va Ğazoda harbiy operatsiya boşlanganidan söng islohotni ilgari suriş töxtatildi.