Joriy yilning 27 mart kuni M-25 gaz konidagi 202-sonli quduqda vodorod sulfidining nazorat ostidagi otilişi yuz berdi, deb xabar qilmoqda Energetika vazirligi.
Qayd etilişiça, tabiatga ziyon yetkazmaslik va havo ifloslanişining oldini oliş maqsadida quduq yoqib qöyilgan.
Hodisa oqibatida heç kim jabrlanmagan. Voqea joyiga zudlik bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligining brigadasi yetib borgan.
Işlarni taşkil etiş maqsadida Energetika vazirligi hamda boşqa mutasaddi taşkilotlar tarkibida taşkil etilgan maxsus ştab vakillari ham hodisa joyiga yetib kelgan.
Bildirilişiça, ayni paytda kerakli barça çora-tadbirlar zarur texnika hamda uskunalardan foydalanilgan holda olib borilmoqda. Şuningdek, xavfsizlikni ta’minlaş böyiça kuçaytirilgan çoralar körilmoqda.
Alohida ta’kidlanişiça, yuzaga kelgan mazkur holat aholi va yaqin atrofdagi hududlarga heç qanday xavf tuğdirmaydi. Jarayon Favqulodda vaziyatlar vazirligi, «Sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasi hamda Oçiq neft va gaz favvoralarning oldini oliş va bartaraf etiş böyiça Özbekiston harbiylaştirilgan qismi mutaxassislari tomonidan töliq nazorat ostiga olingan.
Hozirgi vaqtda uşbu vaziyat hamda yonğinning kelib çiqişi sabablari örganilmoqda.
2024 yil 1 sentabr kuni Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida joylaşgan Mustaqillikning 25 yilligi konining "Kölqamiş" MFY hududida joylaşgan 604-sonli quduqda burğilaş işlari olib borilayotgan paytda texnologik jarayonning buzilişi oqibatida vodorod sulfid gazi çiqiş holati boşlangandi.
2024 yil 17 sentabr kuni yana 604-sonli quduqning yon tarafidan yuqori bosimli vodorod sulfid gazi sizib çiqiş holati qayd etilganligi ma’lum qilindi. Voqea natijasida 4 kişi vafot etgan, 11 kişi jarohatlangan.








