Piskom daryosida yirik “Mulalak” gidro elektr stansiyasi quriladi. “Özbekgidroenergo” AJ boşqaruvi raisi örinbosari Farrux Nurullayevga köra, loyiha Xitoy banki kreditlari hisobidan amalga oşirilmoqda. Pudratçi taşkilot ham uşbu davlatdan bölişi mumkin. Boisi Xitoy tomoni tegişli kelişuvlarda şunday talabni qöygan.

 

2024 yilda Özbekistonda GESlar orqali 8,2 mlrd kWh elektr energiya işlab çiqarilgan. Uni sotişdan tuşgan pul mablaği esa 4 trln sömdan oşgan. Umumiy olinganda, elektr energiya işlab çiqariş 2023 yilga nisbatan 20 foizga yuqorilagan. Ösiş “Özbekgidroenergo” AJ tasarrufida faoliyat körsatayotgan GESlar soni 77 taga yetkazilgani bilan boğliq. Bu haqda 27 mart kuni AOKAda ötkazilgan matbuot anjumanida jamiyat mas’ullari tomonidan ma’lum qilindi.

Tadbirda qatnaşgan Kun.uz muxbiri jamiyat vakillaridan Çorvoq suv ombori atrofida va undan yuqoriroqda qurilişi rejalaştirilgan GESlarga ketadigan mablağlar, ularning manbalari haqida söradi.

“Prezidentning 332-sonli qarori bor. Unga asosan davlat uluşi 50 foiz hamda undan yuqori bölgan barça taşkilotlar tomonidan amalga oşiriladigan loyihalar böyiça texnik iqtisodiy asosnoma işlab çiqiladi. Uşbu qarorga asosan, u majburiy ravişda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi ekspertiza markazidan ötkaziladi. Ijobiy xulosa berilgaç, tasdiq uçun hukumatga kiritiladi hamda ularni amalga oşiriş uçun alohida qaror qabul qilinadi”, deydi “Özbekgidroenergo” AJ raisi örinbosari Farrux Nurullayev.

Uning ta’kidlaşiça, hozirda Toşkent viloyatida qurilayotgan “Piskom” va “Çotqol” GESlari ekspertizadan ötkazilgan hamda hukumat va prezident qarorlari qabul qilingan. Uşbu loyihalarga kiritiladigan investitsiyalarni qoplaş muddati hisobga olingan. Ammo Nurullayev moliyalaştiriş manbalarini oçiqlamadi.

“Men bitta narsani aytib ötmoqçi edim: moliyalaştiriş manbalari aniq bölmagan loyihalar böyiça alohida qaror qabul qilinmaydi. Mana, yaqindagina Piskom daryosida yirik “Mulalak” gidro elektr stansiyasi qurilişi böyiça hukumat qarori qabul qilindi. Uşbu loyiha böyiça ekspertiza, kelişuv jarayonlari töliq ötkazildi. Moliyalaştiriş manbalari aniqlandi. Uşbu loyihani amalga oşiriş endi boşlanadi”, deydi Farrux Nurullayev.

Qöşimça qilinişiça, “Mulalak” gidro elektr stansiyasi loyihasini Xitoy banki moliyalaştiradi. Hozir Moliya vazirligi va Xitoy hukumati örtasida kelişuvlarni imzolaş jarayonlari boşlangan. Ekspertizadan ötkazilib, tender e’lon qilinadi.