Tayvan Adliya vazirligi tergov byurosi Xitoyning çiplar işlab çiqariş bilan şuğullanuvçi SMIC kompaniyasiga qarşi ötkazilgan tergov töğrisida ma’lumot berdi.

Qayd etilişiça, tergov 2024 yil dekabr oyida boşlangan va Xitoyning 10 ta kompaniyasini qamrab olgan. 2025 yil 18-27 mart kunlari byuroning 180 dan ortiq xodimlari 34 ta manzilda tintuvlar ötkaziş va 90 kişini söroq qilişga jalb etilgan.

Tekşiruvlar davomida Xitoy kompaniyasi Samoada röyxatdan ötgan yuridik şaxsdan foydalanib, Tayvanda xorij investitsiyasi niqobi ostida şu’ba korxona oçgan. Aslida esa uşbu sxemadan tayvanlik mutaxassislarni yollaşda foydalanilgan.

Tayvan Xitoy kompaniyalariga orolda tadbirkorlik faoliyatini olib borişni, jumladan, hukumatning rasmiy ruxsatisiz mahalliy mutaxassislarni işga yollaşni taqiqlaydi. Ammo Xitoy texnologik kompaniyalari Tayvanda vakolatxonalar oçib, özlarini xorij yoki mahalliy firma sifatida taniştirgani bilan boğliq köplab holatlar aniqlangan.

Ta’kidlanişiça, 2020 yildan beri Tayvan hukumati mahalliy mutaxassislarni noqonuniy işga yollaşga uriniş bilan boğliq yuzlab Xitoy kompaniyalariga qarşi iş oçgan. Tahlilçilar fikriça, Xitoy kompaniyalari yarimötkazgiçlar işlab çiqariş sohasida ilğor texnologiyalarni qölga kiritişga urinmoqda, çunki Xitoy AQŞ sanksiyalari sabab Ğarb va Tayvan texnologiyalaridan qonuniy yöl orqali foydalana olmaydi.