Davlat xavfsizlik xizmatining Toşkent şahar böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti hamda şahar IIBB bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazildi.

Unda, Olmazor tumanidagi maktabgaça ta’lim taşkiloti rahbari tadbirkorlik bilan şuğullanmoqçi bölgan fuqaroning işonçiga kirib, unga mansabdor tanişlari orqali Şayxontohur tumanida joylaşgan 4 ta umumta’lim maktabining futbol maydonlarini auksion orqali ijaraga olib beriş evaziga 8500 AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Hozirda MTT rahbariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Boşqa holatda esa Qoraqalpoğiston Respublikasidagi tumanlardan birining maktabgaça va maktab ta’limi bölimi boşliği öz xizmat mavqeyidan foydalanib, mazkur bölim boş mutaxassisi bilan özaro til biriktirgan holda, maktabda faoliyat yurituvçi öqituvçini tumandagi maktabgaça ta’lim taşkiloti rahbari lavozimiga tayinlanişida yordam beriş evaziga undan 15 mln söm talab qilib, uşbu pul mablağini boş mutaxassis orqali olgan vaqtida DXX, IJQKD va içki işlar organlari xodimlari tomonidan uşlandi.

Hozirda mazkur şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.